Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondi Sergeli bölimi mansabdor şaxslari umumxalq xayriya haşari hisobidan kelib tuşgan mablağlarni göyoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uçun sovğa, moddiy yordam pullari berilgani va boşqa ijtimoiy yordamlar körsatilgani haqida soxta bayonnomalarni rasmiylaştiriş orqali 95,8 mln söm mablağlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondi Sergeli bölimi mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Şuningdek, Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazidagi talon-torojliklar foş etildi.
Departamentning Namangan viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazi mansabdor şaxslari «F.B», «A.T» va «H.S» MÇJlar bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq, 275,9 mln söm bölgan «gipoxlorid kalsiy» dezinfeksiyalovçi vositalarni 524,8 mln sömga, ya'ni örtaça bozor narxidan 248,9 mln sömga qimmat narxlarda sotib olişib, juda köp miqdordagi budjet mablağlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq SEOM mansabdor şaxslari xuddi şu yöl bilan Navoiy viloyatida 222,3 mln söm, Buxoro viloyatida 202,5 mln söm miqdoridagi budjet mablağlarini talon-taroj qilgan edi.

















