O‘zbekiston | 13:00 / 14.09.2022
6051
4 daqiqa o‘qiladi

Pepsi Music Fest – suratlarda

Pepsi 9–11 sentabr kunlari Toshkentda katta musiqa festivalini o‘tkazdi. Gayazov$ Brother$, Minelli, HammAli & Navai kabi mashhur yulduzlar festival hedlaynerlari bo‘ldi.

Foto: Pepsi

2022 yilda Pepsi brendi har yili o‘tkaziladigan "Ta’mlar jangi" — Pepsi Taste Challenge'da yana bir bir bor mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xuddi shu chellenjning yakuni munosabati bilan musiqa va do‘stlik kechasi, barchaga manzur ichimlikning bayrami tashkil etildi.

Ulkan open air – Pepsi Music Fest 9 sentabr kuni Hyatt mehmonxonasining ochiq maydonida taniqli san’atkorlar va DJlar ishtirokida boshlandi. O‘yin-kulgi va sovg‘alarga boy festival yilning eng yorqin musiqiy voqeligiga aylandi, deyish mumkin.

Ayniqsa, Pepsi Music Fest mutlaqo bepul ekanini hisobga olsak, Toshkentda bunday yirik miqyosdagi, ijro sifati yuqori tadbirlar ko‘p emas.

Festival mezbonlar va maxsus mehmon – KVN Oliy ligasi chempioni, Osiyo MIX jamoasi yetakchisi Eldiyar Kenensarovning kirish so‘zi bilan boshlandi. Fest davomida Davron Kabulov va Jahongir Xo‘jayev shouranner sifatida chiqish qilishdi.

Bayram mehmonlari kundan kunga ortib bordi, ochiq maydonda hamma jonli musiqa ritmida raqsga tushdi. Raqs jamoalarining chiqishlari esa festivalning yanada yorqin o‘tishiga sabab bo‘ldi.

Bayramona atmosfera, jahonga taniqli yulduzlar va ko‘tarinki kayfiyat Pepsi Music Fest'ning haqiqiy bezagi edi. Bu safar bitta tadbir formatida bir emas, uch xalqaro selebriti – Gayazov$ Brother$, Minelli va HammAli& Navai qo‘shiqlari yangradi.

Festivalda, shuningdek, Pepsi Taste Challenge–2022 reklama kampaniyasi ambassadori – Abbbose maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi.

Fest mehmonlari – DJ King Macarella, DJ Sam, DJ Frost, DJ Pashkov, DJ Safronov va DJ Geraning jonli musiqiy vayblari mehmonlarni raqsga chorladi va maydon nafaqat chiroqlar, balki yorqin, samimiy hislar bilan ham yorishib ketdi.

Musiqiy tadbir tashkilotchilari tomoshabinlarga yana bir syurpriz tayyorlashdi: o‘ziga xosligi, dinamikasi va hayajonga boyligi bilan barchani hayratga solgan fire-show uzoq vaqt ko‘pchilikning yodidan chiqmaydigan bo‘ldi.

Uch kun davom etgan open-air minglab odamlarni ijrochilarga jo‘r bo‘lib bor ovoz bilan qo‘shiq kuylash va miriqib raqs tushishga chorladi.

Festival davomida ajoyib musiqiy atmosferani Pepsi va Lays'ning ko‘plab unutilmas syurprizlari yanada boyitdi: festival o‘tkazilgan maydon faol harakatlar maydoni va dam olish zonalariga bo‘lindi. Xuddi estrada yulduzlaridek karaokeda kuylash, baraban chalish, binbegda dam olish, Pepsi bankasi ko‘rinishidagi animatorlar bilan raqs tushish va, albatta, tamaddi qilish – Lays'dan bahramand bo‘lish mumkin edi.

Fotosuratlar uchun g‘oya shu qadar ko‘p ediki, shu kuni 10 dan ortiq fotozonalarda rekord miqdordagi fotosuratlar olindi va ijtimoiy tarmoqlar sahifasiga joylandi.

Pepsi musiqa festivali Pepsi Taste Challenge yozgi kampaniyasining yakuniy tadbiri edi. Lekin bu hali hammasi emas. Pepsi shu bilan kifoyalanib qolmaydi, oldinda hali ko‘pdan ko‘p unutilmas tadbirlar Toshkent ahli va mehmonlarini xursand qilishda davom etadi!

Repsi yangiliklarini Instagram orqali kuzatib borish va yangiliklardan xabardor bo‘lish mumkin: @pepsi_uzbekistan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid