Xususan, “Mehrik” laqabi bilan tanilgan, 1991-yilda tug‘ilgan, Allayorov Mehriddin Muzaffarovich, 1995-yilda tug‘ilgan To‘rayev Umid Shuhratovich va ularning 8 nafar jinoiy sheriklari qo‘lga olingan.
“Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan hamda qamoqqa olinib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda,“ — deyiladi Navoiy viloyati IIB bayonotida.
Shuningdek, rasmiylar mazkur shaxslardan jabrlangan yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolarni viloyat IIBning 79-229-50-22, 79-229-50-23 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ragan. Ma’lumot taqdim etgan insonlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.












