Raqobat qömitasi Toşkent xalqaro aeroporti yaqinidagi avtoturargohlar uçun tölovning oşirilgani, uçib keliş terminali yonidagi maxsus yölga esa tanlab olingan bitta kompaniyadan boşqa taksi xizmatlarining kirişiga yöl qöyilmayotgani masalasini örgandi.
Qömitaga köra, bu holat –“Tabiiy monopoliyalar töğrisida” va “Raqobat töğrisida”gi qonunlarga zid.
Xususan, tabiiy monopoliya sub’yektlariga tabiiy monopoliya sohasiga kiritilmagan tovarlar (işlar, xizmatlar) bozoridagi raqobatni çeklaş uçun tabiiy monopoliya holatidan foydalaniş man etilgan. Qolaversa, muayyan holatlarda yuridik va jismoniy şaxslarning xöjalik yurituvçi sub’yektlar iqtisodiy faoliyatini muvofiqlaştirişi taqiqlangan.
Ma’lum qilinişiça, raqobat organi 2022 yil 23 dekabrda “Uzbekistan Airports” AJ qonunçilik talablarini buzgan deb topgan va kompaniyaga majburiy körsatmalar bergan. Aeroportdan quyidagilar talab qilingan:
- tegişli talablarga mos keluvçi va belgilangan tartibda litsenziyaga ega taksi xizmatini körsatiş faoliyati bilan şuğullanuvçi xöjalik yurituvçi sub’yektlar avtomobillarining kiritilişiga teng şart-şaroit yaratib beriş;
- yölovçilar va bagaj taşuvçi taksi xizmatini taşkil etiş uçun “texnik topşiriq”dan, unga tegişli joyni ijaraga beriş şartnomasidan yölovçilarni taşiş uçun qat’iy belgilangan tariflar qöllanişi hamda tariflardagi har qanday özgarişlar “Uzbekistan Airports” AJ bilan kelişilgan holda amalga oşirilişi bandlarini çiqarib taşlaş;
- iste’molçilar uçib keliş terminali yonidagi maxsus yölning 1-qatorida taksi xizmatini körsatuvçi boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlar ham borligi töğrisida xabardor qilinişini ta’minlaş;
- aeroport hududiga yaqin joylardagi avtoturargohlar uçun tölov miqdorini qayta körib çiqiş.
“Uzbekistan Airports” AJ qömitaning qaror va körsatmasidan norozi bölib, Toşkent tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilgan. Sudning 2023 yil 28 martdagi hal qiluv qarori bilan, “Uzbekistan Airports” AJ şikoyati rad etilib, qömitaning qaror va körsatmasi öz kuçida qoldirilgan.
Şuningdek, mazkur iş “Uzbekistan Airports” AJning apellyatsiya şikoyati asosida Toşkent şahar ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasi tomonidan ham körib çiqilib, 2023 yil 12 iyunda apellyatsiya şikoyatini qanoatlantiriş rad etilgan.












