«Tolibon» Panjşerni — Afğonistondagi toliblarga taslim bölmay kelgan sönggi hududni egalladi. Baland toğlar qurşovidagi Panjşer vodiysi markazini egallaş uçun uç kun jang olib borildi. Şunday ekan, rasman afğon qarşilik harakati tugallandi, uning yetakçilari hali mustahkamlanib olmagan toliblar hokimiyatini ağdarib, Afğonistonda demokratik boşqaruvni tiklaşni rejalaştirgandi. «Meduza» bu kuraş tarixini qisqaça hikoya qildi va bunday buyoğiga nima bölişi mumkinligi haqida yozdi.

Qarşilik harakati yetakçilari nimaga umid qilişgandi?
15 avgust kuni Kobul taslim bölgaç, toliblar nazoratiga ötmagan birgina hudud qoldi - Panjşer Afğonistonning 34 viloyatidan biri bölib unga Bağlon viloyati tumanlari çegaradoş. Mamlakat şimoli-şarqidagi bu hududda asosan etnik tojiklar yaşaydi (Afğoniston aholisining törtdan bir qismini tojiklar taşkil etadi).

1975 yildan buyon Panjşer va uning atrofidagi hududlarda harbiylaşgan milliy-diniy harakat şakllangan, bu harakat keng muxtoriyat uçun intilgan va bu Afğoniston siyosatiga ta'sir körsatgan. Avvaliga harakatga panjşerlik Ahmad Şoh Mas'ud rahbarlik qilgan. 1980-yillarda u eng maşhur afğon dala qömondoniga aylanadi. Mas'ud bir neça ming kişilik jangçisi bilan Afğonistonning kommunistik hukumatiga va sovet harbiylariga qarşi turadi. Sovetlar ketib, 1992 yilda kommunistik hukumat qulaganidan keyin — Afğonistondagi fuqarolik uruşi vaqtida boşqa dala qömondonlari bilan kuraş keçadi.

Ahmad şoh Mas'ud 90-yillar örtalariga kelib mamlakat janubida etnik puştunlar tomonidan radikal ğoyalarga asoslanib tuzilgan «Tolibon» harakatining ham asosiy duşmani böladi. Toliblar harakati dala qömondonlari zulmidan töygan Afğonistonning aksar aholisi tomonidan qöllab-quvvatlanib, toliblar 1996 yilda Kobulni egallab hokimiyatga keladi, lekin ular Panjşerni olişning uddasidan çiqa olişmaydi.

2001 yil 9 sentyabrida Mas'ud undan intervyu oliş niyatidagi jurnalist qiyofasida kelgan terrorçi xudkuş tomonidan öldiriladi. Ma'lumotlarga köra, videokamerasiga bomba örnatilgan qotillarni Usama Bin Lodin jönatgan. Bir neça hafta ötib — AQŞdagi 11 sentabr teraktlaridan keyin — Afğonistonga amerikalik harbiylar kirişadi. Ularni Mas'udning safdoşlaridan iborat «Şimoliy alyans» qöllab-quvvatlaydi.

2021 yilda amerikalik harbiylar olib ketilgaç toliblar tezlik bilan mamlakatning Panjşerdan boşqa barça viloyatlarini egallaşadi. 15 avgust kuni Kobul toliblar qöliga ötgaç Panjşerga Ahmad Mas'ud (Şoh Masudning öğli, bungaça Ğarbda yaşagan) va Afğoniston vitse-prezidenti Amrulla Solih (Şoh Mas'udning sobiq safdoşi) keladi. Ular 1980 va 1990-yillardagi kabi Panjşer vodiysini taslim bölmas qal'aga aylantiriş, keyin qarşilik harakatini butun Afğonistonga yoyiş maqsadlarini aytişadi.