Tashkent City kongress-hollida ötkazilgan taqdimotda Özbekiston, Turkiya rasmiylari va kinoijodkorlari, loyiha mualliflari iştirok etdi.

Prezidentning davlat maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov taqdimotda sözga çiqib, Özbekistondek boy tarix hamma davlatga ham nasib qilmaganini ta'kidladi.

Abdujabbor Abduvohidov

“Hali yana Jaloliddin Manguberdi kabi insonlar unib-ösadi. Özbekistonda yangi bir bosqiç boşlandi. Bu bosqiçda bolalarimiz tarixni yaxşi örganişi lozim”, - dedi prezident maslahatçisi.

Şuningdek, taqdimotda Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, loyiha rahbari Saida Mirziyoyeva ham sözga çiqib, loyihaning asosiy qismi karantin davriga töğri kelganini, şunday bölişiga qaramasdan, serialni suratga oliş işlari muvaffaqiyatli amalga oşirilganini aytdi.

“Serialni suratga oliş işlari yaxşi ketayotgan edi. lekin pandemiya balosi bizning işimizga ham zarar keltirdi. Karantin davrida suratga oliş işlari rejadan çiqib ketdi, qançadan-qança aktyorlar Turkiyada oilasidan uzoqda yaşaşiga töğri keldi. Loyihani şu yilda tugata olişimizga ham şubha qilgan edim. Lekin Allohning qöllab-quvvatlaşi va fidoyi ijodkorlar harakati bilan taqdimot kuniga yetib keldik.

Bugun nafaqat taqdimot marosimi, balki özbek milliy kinoçiligida yangi sahifa oçilyapti. Umid qilamanki, bunga serialni tomoşa qilib amin böliş mumkin böladi. Albatta, bu serial turli fikrlarga, tanqidlarga sabab böladi deb öylayman, lekin biz bunga tayyormiz. Biz fikrlar xilma-xilligini hurmat qilamiz. Ğurur bilan aytişimiz mumkinki, biz buni uddaladik”, - dedi Saida Mirziyoyeva.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mazkur serial prezident Şavkat Mirziyoyevning tarixni çuqurroq örganiş haqidagi çaqiriğiga javob beruvçi birinçi loyiha bölişi mumkinligini qayd etdi.

“Agar biz tariximizga mehr qöysak, bugungi uyğoniş davrini biz amalga oşira olamiz” – dedi vazir.