Serialning tasvirga oliş işlari deyarli tugagan
«Ayni paytda serialning tasvirga oliş işlari deyarli tugadi. Lekin hali montaj, böyoqlar, ovozlaştiriş işlari ham oldinda turibdi. Birinçi qismning ovozlaştiriş işlari şoşilinç tarzda qilingani uçun unçalik könglimiz tölmadi. Bu kamçilik ustida ham işlanadi. Serial uçun 10dan ortiq ssenariylar ustida işlandi. Boşidagi rejalar örniga boşqa uning örnini töldiruvçi işlar qilindi.
Serialning premerasi 14 yanvar – Vatan himoyaçilari kuniga rejalaştirilmoqda», deya ma'lumot berdi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Vazirning qayd etişiça, aktyorlar bir-birini yaxşi tuşunişi uçun özbek aktyorlari turk tilini ham örganişgan.
«Biz fikrlar xilma-xilligini hurmat qilamiz»

Taqdimotda Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, serial loyihasi rahbari Saida Mirziyoyeva sözga çiqib, suratga oliş işlari qanday borgani va serialdan nimalar kutilayotgani haqida gapirdi.
«Serialni suratga oliş işlari yaxşi ketayotgan edi. Lekin pandemiya balosi bizning işimizga ham zarar keltirdi. Karantin davrida suratga oliş işlari rejadan çiqib ketdi, qançadan qança aktyorlar Turkiyada oilasidan uzoqda yaşaşiga töğri keldi. Loyihani şu yilda tugata olişimizga ham şubha qilgan edim. Lekin Allohning qöllab-quvvatlaşi va fidoyi ijodkorlar harakati bilan taqdimot kuniga yetib keldik.
Bugun nafaqat taqdimot marosimi, balki özbek milliy kinoçiligida yangi sahifa oçilyapti. Umid qilamanki, bunga serialni tomoşa qilib amin böliş mumkin böladi. Albatta, bu serial turli fikrlarga, tanqidlarga sabab böladi deb öylayman, lekin biz bunga tayyormiz. Biz fikrlar xilma-xilligini hurmat qilamiz. Ğurur bilan aytişimiz mumkinki, biz buni uddaladik», dedi Saida Mirziyoyeva.
«Çingizxon rolida qiynalmadim» – Javohir Zokirov öz roli haqida




















