Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov «Mendirman Jaloliddin» filmi atrofidagi gap-sözlar, xususan «Özbekkino» mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi oçilgani yuzasidan munosabat bildirdi.

«Özbekkino» milliy agentligi atrofida bölayotgan janjallar, mojarolarga tezroq barham beriş kerak. Matbuot taniqli va iste'dodli rejissyorlarimiz faryodidan tinmayapti. Göyoki ular dod solyapti-ku, lekin ularni heç kim eşitmayotgandek.

Ularning özaro tuşunmovçiliklari tufayli qandaydir jinoiy işlar oçilgan va bunga umuman aloqasi yöq bizning «Mendirman Jaloliddin» loyihamiz ham qöşilib qoldi. Vaholanki, taqdimoti bölib ötgan uşbu serialga na «Özbekkino» aloqador va na davlat budjeti mablağlari.

Tuşunişimça, avval «Özbekkino» bu filmni suratga olmoqçi bölgan va mahalliy kompaniyaga buyurtma bergan, lekin ular eplay olmaganmi, kelişa olmaganmi, bilmadim, fakt – loyiha bajarilmadi. Men «Özbekkino» va Boş prokuraturaning keçagi xabarlaridan şuni tuşundim.

Endi kimdir şu loyihani amalga oşirdi, mehnat qildi. Davlat budjetdan bir söm ham işlatmadi, homiylar jalb qilindi, eng professionallar işladi. Eng asosiysi, zör loyiha böldi. Lekin endi yemagan somsasiga pul tölayapti.

Şunaqa gaplardan keyin kim ham bunday loyihalarga qöl urgisi keladi? Bir tomondan çet el seriallarini tomoşa qilib, qaçon özimiznikilar yuqori sifatli tarixiy kino, seriallar işlar ekan, deb diydiyo qilamiz. Birov işlayman desa, nomi qolmay, aktyori qolmay har tarafdan toşböron qilamiz», – deydi Komil Allamjonov.

Eslatib ötamiz, «Özbekkino» milliy agentligi mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi oçilgan. Ayblanuvçilar kimligi oçiqlanmagan, ular juda köp miqdordagi mulkni özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilişda gumonlanmoqda.

Boş prokuratura axborotiga köra, «Özbekkino» 2018 yil iyunida «Best organaizer» MÇJ bilan «Menman Jaloliddin» nomli film işlaş haqida dastlabki şartnoma tuzib, oldindan avans sifatida 533 mln söm tölagan. Lekin keyinçalik bu filmni suratga oliş işlari «Mendirman Jaloliddin» nomi bilan, turkiyalik hamkorlar bilan olib borilgani, uni işlab çiqariş xarajatlari budjetdan emas, balki boşqa homiylar tomonidan moliyalaştirilgani sababli, agentlik ajratgan mablağlar filmni işlab çiqariş uçun sarflanmagan va bugungi kunda budjetga qaytarilgan.