Tabiiy gazni aholi va mijozlarga sotuvçi operatorlarga yetkazib beruvçi şirkat –«Öztransgaz» bayram kunlari aholiga gaz ta’minoti böyiça çeklovlar kiritilganini rad etgan edi. Bu haqda Kun.uz’da ham xabar berilgandi.
«Öztransgaz»ning gaz bosimida heç qanday çeklovlar qöyilmagani haqidagi xabaridan söng Kun.uz’ning «Hududgazta’minot» hududiy filiallaridan biridagi manbasi mazkur xabarni inkor qiluvçi hujjatni yubordi.
Unda «Öztransgaz» AJ tomonidan 17 mart kuni Energetika vazirligi, «Hududgazta’minot», «Issiqlik stansiyalari», «Özkimyosanoat» jamiyatlari va «Özsanoatqurilişmaterillari» uyuşmasi havoning sovişi oqibatida gaz bosimi pasayişidan ogohlantirilgan.
Rus tilidagi faksogrammada «Özbekiston hududida havoning sovişi kutilayotgani, tabiiy gaz qazib oluvçi taşkilotlarda va tabiiy gaz importi bilan boğliq defitsit yuzaga kelişi va buning oqibatida Toşkent va Farğona vodiysi hududlariga boruvçi tizimdagi quvurlarda tabiiy gaz bosimi pasayadi», deyiladi (tarjima tahririyatniki).

«Hududgazta’minot» vakillari aholiga tabiiy gaz yetkazib berişdagi muammolar markaziy quvurlarda gaz bosimi pasayib ketgani uçun yuzaga kelganini tasdiqladi.
Kun.uz’ga vodiy viloyatlaridan kelib tuşayotgan murojaatlarda ayni kunlarda gaz bosimi keskin pasayib ketgani, ayrim hududlarda umuman gaz yöqligi aytilmoqda.
















