Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi

Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda minimal pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi.

Farmonga ko‘ra:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 822 ming so‘m;
  • bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 ming so‘m;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 ming so‘m;
  • yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 ming so‘m;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 ming so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 ming so‘m;
  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 440 ming so‘m;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 ming so‘mgacha, pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 ming so‘m etib belgilandi.

Kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi

Prezident farmoniga asosan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi.

Bolalar nafaqasini tayinlashda:

  • inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
  • to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;
  • uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llanadi.

Shuningdek, yakka-yolg‘iz bo‘lgan fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.