Keça va bugun bir qator OAVda Özbekistondagi Qamçiq dovoni bilan boğliq turli miş-mişlar tarqalişda davom etmoqda. Bunday gap-sözlarning köpayişiga Toşkent-Andijon temir yöl qatnovining bekor qilingani ham yanada turtki berdi, desak mubolağa bölmaydi.

Keça esa Qamçiq dovonida qutqaruvçilar otryadlarining keçayu kunduz navbatçiligi taşkil etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz bu masalaga oydinlik kiritişi maqsadida Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Özbekiston temir yöllari” bilan boğlandi. Biroq biz bilan aloqaga çiqqan amaldorlar dovonda qandaydir noxuş voqea yuz bergani haqidagi miş-mişlarni rad etişdi. Aslida nima sababdan temir yöl qatnovi bekor qilingani haqidagi savolimizga esa javob ololmadik...

Şu holatda tabiiy bir savol tuğiladi. Nega tegişli mahkamalar u yerda aslida nima bölayotgani yoki bölgani haqidagi ma'lumotlarni yaşirişmoqda? Balki turli vahimali miş-mişlar aynan şunday harakatlar sabab paydo bölayotgandir?

Xabarlarga köra, poyezdlar qatnovi nafaqat keça, balki bugun ham amalga oşirilmagan. Fuqarolar esa aslida nima bölayotganini tuşuna olmay hayron.

Ayrim manbalarga köra, dovonda katta ehtimol bilan qor köçkisi sodir bölgan. 

Şu örinda barça tegişli taşkilotlar, mutasaddi idoralar vakillarini biroz oçiqroq bölib, matbuot bilan kengroq muloqotga kirişişga çaqirib qolamiz.

Bu birinçi navbatda fuqarolar örtasida turli köngilsiz miş-mişlar va vahima tarqalişining oldini olişda kerak.