Farğona viloyati Danğara tumanida faoliyat yurituvçi qassoblardan biri eşak göşti sotiş bilan ham şuğullangani foş böldi. Bu haqida «Muloqot TV» telekanali reportajida ma'lum qilingan.
Ma'lum bölişiça, Sodiqjon Botirov Danğara tumanida qoramol olib sotiş savdosi bilan şuğullanib kelgan. Şu bilan birga u öz xonadonida qoramol va qöylarni söyib, aholi iste'moli uçun tarqatgan. Lekin u öz uyida eşaklarni ham söyib, göştlarni turli savdo nuqtalariga sotgani ma'lum böldi. Danğara tuman IIB tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Sodiqjon Botirov eşak göştini olib ketayotgan avtomaşina töxtatilgan.
«Botirov Sodiqjon Urayimoviç boşqaruvidagi avtomaşina töxtatilib, tekşirilgan vaqtda maşina yukxonasida göşt mahsulotlari borligi aniqlangan. Bu mahsulotlar şubha tuğdirgani sababli, tekşirib köriş uçun daliliy aşyo sifatida olindi. Danğara tuman veterinariya bölimi tomonidan berilgan 107 - raqamli xulosaga köra bu eşak göşti ekani aniqlangan», deya izoh beradi Danğara tuman IIB tergovçisi Furqatjon Siddiqjonov.
Telekanal tomonidan tayyorlangan reportaj davomida Danğara tuman veterinariya bölimi mutaxassisi Akramjon Matkarimov eşak göştini inson organizmi uçun öta xavfli kasalliklar yuqtirişi haqida ma'lumot bergan bölsa, Qöqon şahar boş imom xatibi Abdumajid hoji Isaqov islom dinida eşak göştini mol göştiga aralaştirib sotiş juda katta gunoh ekanligini aytib, uni halol deya bilmasdan yegan va farzandlariga yedirgan odamlarlarning gunohi öşa göştni sotgan kişiga bölişi, demak, u kişi minglab odamlarni gunohini böyniga olgani haqida öz fikrini bildirgan.
«Mol bozoridan mol olib kelib söyib, bozorda göştini sotaman. Oxirgi safar ikki eşak ham olib kelib, uyimda söyib mol göştiga aralaştirdim. Göştni 16 mingdan sotardim. Eşak göştini aralaştirsam, sal foyda bölarmikin deb şu işga qöl uribman», deydi Sodiqjon Botirov.
«Sodiqjon Botirov Özbekiston Respublikasi Ma'muriy kodeksiga köra tegişli jazoga tortildi. Lekin, uning bunday pastkaşligi oqibati nimalarga olib kelganini barçamiz bilamiz. Qolgani esa, kimsaning qilgan işidan vijdoni qiynalişi yoki qiynalmasliga boğliq» deya yakunlanadi «Muloqot TV» reportaji.
Bundan avvalroq Farğona viloyatining Qöştepa tumanida eşak söyib sotgan qallob «tadbirkorlar» qölga olingani haqida xabar qilingandi.















