Bugun, 4 dekabr kuni Toşkent şahridagi «Bunyodkor» stadionida «Bunyodkor» va «Lokomotiv» örtasida Özbekiston Kubogi uçun final bellaşuvi ötkazildi.
Unda avvalroq mavsum çempionligini qölga kiritib bölgan «temiryölçilar» kubok finalida ham ğalaba qozondi. Öyin taqdirini Marat Bikmayev 7-daqiqada urgan gol hal qildi.
Bu natija, Toşkentning uçinçi jamoasi «Paxtakor»ga qöl keldi.
«Lokomotiv» bunga qadar Özbekiston çempionatining 2017 yilgi mavsumi çempioni sifatida Osiyo Çempionlar Ligasi guruh bosqiçi uçun berilgan 1 dona kvotani yutib olgandi. Qarşining «Nasaf» klubi esa 2-örin egasi sifatida OÇL saralaşida öynaydi. Uçinçi yöllanmani Kubok sohibi qölga kiritişi kerak edi. Agar finalda zafar quçganida uçinçi yöllanma «Bunyodkor»niki bölardi. Ammo «Lokomotiv» ğalaba qozongani uçun endi bu kvota çempionatda uçinçi örinni qölga kiritgan «Paxtakor» jamoasiga nasib etadigan böldi.
Özbekiston kubogi-2017
Final
«Bunyodkor» – «Lokomotiv» 0:1 (0:1)
Gol: Marat Bikmayev (7).
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Rustam Aşurmatov, Akramjon Komilov, Anvar Ğofurov, Jovlon Ibrohimov, Dostonbek Hamdamov, Dilşodbek Ahmadaliyev, Şohrux Gadoyev (Vohid Şodiyev, 78), Otabek Şukurov, Mirjamol Qosimov (Şahzodbek Nurmatov, 63), Şohruz Norxonov (Vadim Çemirtan, 59).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Muhammad Kone, 89) Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze (Sanjar Şoahmedov, 61), Islom Töxtaxöjayev, Şuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Jaloliddin Maşaripov (Diyorjon Turopov, 76).
Boş hakam: Muhammad Abdulla Hasan (BAA)
Yordamçi hakamlar: Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri, Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi (BAA)
Zaxira hakami: Ammar Ali Abdulla al-Junaybiy (BAA)

















