«Özkimyosanoat» raisi Jörabek Mirzamahmudov energetika vazirligining yangi rahbariga aylandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Jörabek Tursunpölatoviç Mirzamahmudov Özbekiston Respublikasi Boş vazirining yoqilği-energetika va kimyo sohalarini rivojlantiriş böyiça örinbosari - energetika vaziri lavozimiga tayinlandi», deyiladi xabarda.

Jörabek Mirzamahmudov 1979 yilda Namangan viloyatida tuğilgan. 2001 yil AQŞdagi Alabama universitetini, 2005 yil Toşkent kimyo-texnologiyalar institutini tamomlagan.

2006-2012 yillarda «Özbekneftgaz»da turli lavozimlarda işlagan, 2012-2014 yillarda iqtisodiyot vaziri örinbosari, 2014-2017 yillarda «Özkimyosanoat» raisi örinbosari bölgan, 2017-2018 yillarda Vazirlar mahkamasida departament mudiri lavozimida işlagan, 2018-2019 yillarda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi boş direktori, 2019 yildan «Özatom» agentligi boş direktori bölgan. 2019-2020 yillarda energetika vaziri örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan, 2020 yil yanvarida «Özkimyosanoat» AJ boşqaruvi raisi lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib ötamiz, 2019 yil fevralidan yangi taşkil etilgan energetika vazirligiga rahbarlik qilgan Alişer Sultonov 2022 yil aprelida salomatligi tufayli lavozimdan ozod etilgan va şundan buyon vazirlik rahbarligi böş qolayotgandi.