Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov Farğona viloyatida tibbiyot sohasi va OAV vakillari bilan uçraşuvda korrupsiya masalasida gapirib ötdi.
Internetda tarqalgan videodan körinişiça, jurnalistlardan biri korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça taşabbus bildirgani uçun vazirga minnatdorçilik bildirgan holda, öz fikrini aytgan: “Korrupsiyani yöqotiş uçun avvalo xodimga yaxşi şaroit qilib qöyiş kerak, yaxşi oylik bilan ta’minlaş kerak”.
Vazir jurnalistning bu gapida jon borligini ta’kidlaş barobarida, tibbiyot sohasidagi oyliklar masalasiga töxtalgan.
“Töğri, gapingizda jon bor. Biz rivojlanayotgan davlatmiz. Şifokorlarimizning oyligini hammasini birdaniga 2 ming, 3 ming, 5 ming dollar qila olmaymiz. Maktablarimiz bor... Muammo köp. Lekin bu sekin-asta bölyapti”, – degan Inoyatov.
SSV rahbari soğliqni saqlaş tizimidagi rahbar xodimlarning maoşi haqida gapirib, şu yerda ötirgan rahbar-şifokorlardan biridan “qöliga oladigan” oyligi qançaligini söragan.
“5,5 mln? Bemor ham körasizmi? Şu bemorni agar mehr bilan davolab, töğri yondaşsangiz, (men ham operatsiya qilaman), rozi bölib özi sizga barakasini berib ketadi. Söramasangiz ham. Töğrimi? Söramasangiz ham özi berib, xursand bölib ketadi.
Oçiq-oydin aytyapman. Men uçun buni vazir sifatida aytiş qançalik töğri, lekin men oçiq aytyapman”, – degan u.
Amrillo Inoyatov rahbar-şifokorning 5,5 mln söm oyligi va unga qöşimça bemorlar beradigan haqni qöşganda yetarliça summa çiqişiga işonç bildirgan.
“Yetmaydimi? Mana savol. Yetmaydimi degan savolni özimizga özimiz berişimiz kerak.
Gar qanoat birla bölsang barqaror,
Dunyoda heç bölmagaysan xor-u zor, deydi.Odam sabrli bölib, qanoat bilan, özining ustida işlab, özining brendini yaratsa, zör mutaxassis qilib özining şaxsiy brendini yaratsa, xalq şunday boqadiki... Eh-he, jonajon xalqimizning özi oyoğingizni yerga tekizdirmasdan olib yuradi”, – degan soğliqni saqlaş vaziri.
U tibbiyot xodimlari “bir yil, ikki yil, beş yildan keyin 5-10 ming dollar oladigan kun kelişi” mumkinligini qöşimça qilgan.

















