Özbekistondagi eng katta muammo bilasizmi nimada? Bitta muammoni topib, uni körsatsang, muammoni emas, balki öşa muammo haqida gapirgan odamni yöqotişga harakat qilişadi. Göyoki şu bilan muammo ham yöqolib qoladigandek.
5 oy oldin, mart oyida SUBYEKTIV'da şifokorlar haqida körsatuv e’lon qilgan edik. Körsatuvda nega şifokorlar pulga retsept yozadi, nega farmkompaniyalar bilan til biriktiradi va özi umuman nima sababdan soğliqni saqlaş tizimida korrupsiya bu darajada kuçli degan savollarga javob izlagandik.
Suriştiruvimizda aksar muammolarning zamirida şifokorlarga bölgan munosabat, byurokratiya va eng asosiysi oylik kamligi yotişini körsatgan edik. Lekin suriştiruvimizdan söng, aksinça, tibbiyot xodimlariga bölgan bosim oşgani haqida xabar topdik: har xil reydlar taşkillaştirib, farmkompaniyalar tomonidan beriladigan daftar-ruçkalarni yiğiştirişni boşlaşdi; kadrga tuşgan şifokorlarni topib, ularga qarşi çora körişga harakat qilişdi.
Xullas, hali ham simptomlar bilan kuraşib yotibmiz, sabablar bilan heç kimning işi yöq.
Rasmiy statistika böyiça eng kam oylik hali ham tibbiyot xodimlariga tegişli. Şarmandagarçilik emasmi axir? Yaqinda Qaşqadaryoda bemordan kasallik tarixi oçiş uçun 5 ming söm söragan feldşer voqeasi rosa muhokamalarga sabab bölgan edi... Mana qançalik xor tibbiyot posbonlari, bitta daftarni ham özining yonidan sotib olişi kerak, mana sizga daraja!
Xalqimizning şifokorlarga bölgan munosabatini gapirmasa ham böladi, vaqti kelsa duşmandan battar munosabat qilişadi. Bilişmaydiki, muammo – tizimda.
Navbatdagi körsatuvimizda xalqimizga tibbiyot xodimlari içida öz işiga vafodor insonlar borligini va ularning mehnati qançalik maşaqqatli ekanini körsatib berişga harakat qildik.
Qolaversa, hukumatimizga eslatmoqçimizki, mana şunday fidoyi insonlar sohani tark etib, holat şu zaylda davom etsa, soğliqni saqlaş tizimimizni yumşoq qilib aytganda jiddiy oqibatlar kutadi.
Loyiha muallifi:
Jamşidxon Ziyoxonov
Tasvirçilar:











