Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Ukraina hukumatini «chamadonlarni tayyorlashga» chaqirdi
Foto: Petr Sivkov/TASS
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina Oliy radasi vitse-spikeri Irina Gerashchenkoga javob qaytardi. U Saakashvilining Ukrainaga qaytish to‘g‘risidagi qarorini tanqid qilgandi. Bu haqda Gruziya sobiq rahbari feysbukdagi o‘z sahifasida yozgan.
Saakashvilining ma'lum qilishicha, Ukraina fuqarosi sanaladi hamda «o‘z uyiga qaytmoqda». Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Ukrainaning «jinoiy rejimi» vakillaridan farqli ravishda mamlakat qonunlarini hurmat qiladi.
«Men sizlar talon-toroj etishingizga xalaqit berishmasligini xohlashingizni tushunaman, biroq Ukrainani Yevropadagi eng qashshoq mamlakat darajasiga tushirib qo‘ydingiz. Balki, odamlarga ertaklar aytishni to‘xtatish hamda jomadonlarni tayyorlash vaqti kelgandir?» - deb yozgan Saakashvili.
Shuningdek, u Ukraina hozirgi hukumatining «hokimiyat tepasidagi qudratli davri» yakuni yaqinlashib kelayotganini taxmin qildi.
Bundan oldin, Saakashvili Ukrainaga prezident saylovlarining ertasi kuni qaytishini aytgandi.
Mavzuga oid
20:24 / 29.04.2026
Permda ham Ukraina hujumidan keyin «neft yomg‘iri» yog‘di
20:02 / 29.04.2026
Zelenskiy Rossiyaga zarba berish masofasi uzayganini ma’lum qildi
21:42 / 28.04.2026
Tuapsega navbatdagi hujum: portda – kuchli yong‘in, shaharda – tutun va qurum
20:54 / 28.04.2026