Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tramvay yo‘llarini qurish qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
Toshkent tramvayini tiklash ishlariga Turkiya va Chexiyadan mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Kun.uz manbasiga ko‘ra, yo‘nalishlar xaritasi yaqin bir yil ichida ishlab chiqilib, tramvay yo‘llarini qurish 2023 yildan boshlanishi reja qilinmoqda.
Foto: plov.press
Toshkentda tramvay qurilishi 2023 yildan boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ning transport tizimidagi manbasi ma’lum qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, shaharda tramvay harakatini tashkil etish bo‘yicha dastlabki ishlar boshlangan: xorijga chiqib ketgan sobiq tramvaychilarni qaytarish va xorijdan mutaxassislar jalb qilish ishlari ketmoqda. Xususan, Turkiya va Chexiyadan mutaxassislar chaqirilmoqda.
“Avval Toshkentning barcha taksi, avtobus yo‘llari xaritaga tushirib, gavjum joylar aniqlanadi. Eski tajribani bugunga ishlatib bo‘lmaydi: shahar infrastrukturasi, aholi oqimi ko‘p bo‘lgan joylar o‘zgargan. Bu borada hamma rejalarni ochiqlay olmayman. Chunki loyiha hali oxiriga yetgani yo‘q. Boshqa tarafdan hali tramvay qaysi ko‘chalardan o‘tishi ham aniqmas. Aytganimdek, hali tahlillar nihoyasiga yetmagan”, – dedi u.
- Eslatib o‘tamiz, Toshkent tramvayi 103 yillik faoliyatidan so‘ng, 2016 yilda faollar qarshiligiga qaramay butkul tugatilgan, shahar rasmiylari bu transport turini samarasiz deb hisoblagandi.
- 2022 yil boshida esa prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvayni qaytarish rejasi borligini e’lon qildi. Davlat rahbari bu borada ko‘plab xat va murojaatlar kelayotganini aytdi. Bu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi: ekologik toza, sig‘imi katta va tirbandlikka tushib qolmaydigan mazkur jamoat transport turi dunyoning ko‘plab megapolislarida alohida qadrlanadi.
- Fevral oyi o‘rtalarida Navoiy shohko‘chasida rekonstruksiya ishlari boshlandi, loyihaga tramvay yo‘li kiritilmadi. O‘shanda shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev tramvay bo‘yicha alohida dastur qabul qilinishini aytgandi.
Mavzuga oid
09:02
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025