6 yilda 54 ta tarixiy film - özbek kinoijodkorlari bunga tayyormi?
|14:00 / 24.05.202422 11810 min
“Tirik tarix” loyihasi doirasida Özbekistonda 2030 yilgaça 54 ta tarixiy film curatga olinişi kutilmoqda. Ta’kidlanişiça, milliy qahramon Şiroq, davlatçilik arbobi Alp Er Tönga, sarkarda Amir Temur va temuriylar, şayboniylar, milliy istiqlol kuraşçilari haqida filmlar işlanadi. Kun.uz uşbu loyiha böyiça qator savollar yuzasidan kinorejissyor Muzaffar Erkinov hamda Özbekistonda xizmat körsatgan artist, kino va teatr aktyori Tohir Saidov bilan suhbat taşkil qildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevga 16 may kuni “Tirik tarix” turkumidagi filmlar loyihasi taqdimot qilindi. Bu 2024-2030 yillarga möljallangan strategik dastur bölib, eng qadimgi ötmişdan tortib, yaqin tarixgaça bölgan juda katta davrni qamrab oladi. Loyihada çet ellik hamkorlar, kino san’ati ustalari ham iştirok etişi rejalaştirilgan. Xöş, 6 yilga möljallangan loyiha doirasida suratga olinadigan 54 ta tarixiy filmni işlab çiqiş uçun mamlakatimizda kadr orti va ekran ijodkorlari zaxirasi yetarlimi? Sifat va saviyani tuşirmasdan tarixiy kinolarni işlab çiqişda bugun san’at ahliga qanday omillar xalaqit beryapti? Kun.uz jurnalisti ayni şu kabi savollarga javob izlab Özbekistonda xizmat körsatgan artist Tohir Saidov, “Abdulla Avloniy”, “Oydinlar”, “Puankare”, “Abdulla Oripov” kabi köplab filmlar rejissyori Muzaffar Erkinov bilan suhbatlaşdi.
— Dastlab, uşbu taşabbusning tarixiy va ijtimoiy ahamiyatiga töxtalsak.
Muzaffar Erkinov: — Davlat rahbarining özi kinorejissyor, aktyorlar bilan uçraşib, soatlab vaqtini ajratişi biz ijodkorlar uçun katta xursandçilik böldi. Ança vaqtdan beri kutilgan voqea — turkum tarixiy filmlar taqdimoti bölib ötdi. Xabaringiz bor, oxirgi 20 yildan buyon tarixiy filmlar deyarli suratga olinmayotgan edi. 2017 yildan esa bir neçta turkum filmlarni tasvirga oliş boşlandi, “Islomxöja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Behbudiy” şular jumlasidandir. Fikrimça, “Tirik tarix" turkum filmlar loyihasi milliy kino sanoatimizning qayta "uyğoniş" davrini namoyiş etib, zamonaviy va sifatli kinolarning yaratilişida yangi bosqiçga qadam qöyişimizni anglatadi. Bu esa, öz navbatida, mamlakatimiz kinematografiyasining xalqaro miqyosdagi tanilişiga, hamkorlik aloqalarining kengayişiga va madaniy diplomatiyamizning rivojlanişiga xizmat qilişi, şubhasizdir.
Tohir Saidov: — “Tirik tarix” turkum filmlar loyihasi böyiça davlat rahbariga berilgan hujjatda 50 ta alloma haqida film tayyorlaş nazarda tutilgan edi, öşa joyning özida yana 2 ta alloma eslanib, röyxatga ular ham qöşildi. Uçraşuv ötdi, dastur tasdiqlanadigan böldi. Endi prezidentning, xalqning işonçiga kinoijodkorlarning javobi qanday böladi, degan masala bor. Filmlarni xalqqa çiroyli qilib taqdim etişimiz kerak. Bu berilayotgan e’tibor, mablağlar özbek kinosini, şu orqali özbek millatini dunyoga tanitiş uçun qilinyapti. Jarayonga mas’uliyat bilan javob beruvçilar esa kinoijodkorlar böladi.
Mavzuga oid
— “Tirik tarix” turkum filmlari loyihasi 2024-2030 yillarga möljallangan strategik dastur bölib, unda eng qadimgi ötmişimizdan tortib, yaqin tariximizgaça bölgan katta davrning qamrab olinişi reja qilingan. 6 yillik dastur va uning doirasida qariyb 54 ta tarixiy filmning suratga olinişi ta’kidlanyapti. Raqamlar kiçik emas: 6 yil muddatda 54 ta filmni sifatli qilib suratga oliş va uni tomoşabinlar e’tiboriga taqdim etiş uçun yetarli böladimi? Jarayonlarda iştirok etuvçi kadr oldi va kadr orti ijodkorlar zaxirasi hozirlanganmi?
Tohir Saidov: — 50 dan ziyod filmni sifatli qilib suratga olişimiz uçun, avvalo, iş qurolimiz soz bölişi kerak. Tarixiy filmlar otsiz, otda böladigan janglarsiz suratga olinmaydi. Şu sababli, yoş aktyor, aktrisalarimiz uçun qiliçbozlik, nayzabozlik böyiça amaliy maşğulotlar ötilişi zarur. Bundan taşqari, Sijjakda toğda "Özbekkino" milliy agentligining bazasi bor, öşa yerda otda çopadigan, ot ustida nayzabozlik, qiliçbozlik qila oladigan kaskadyor-kinoijodkorlarni tayyorlaş kerak. Masalan, Nanay, Sijjak tomondagi yigitlarni ayni şu yönaliş böyiça zaxira kadr sifatida şakllantiriş mumkin, özi ular ot ustida katta bölgan yigitlar. Oylik maoşlari yaxşi ta’minlansa, boşlanişiga özlarining otlari bilan ham kelişadi tasvirga oliş jarayonlariga.
"Özbekkino" milliy agentligi raxbarlari, mutasaddilariga ham gapim bor şu örinda: bizga tarixni yaxşi örganib, obrazlar ustida işlay oladigan dizaynerlar, tarixiy kiyimlar tikadigan sexlar, dunyo standartlari böyiça işlay oladigan grimyorlar kerak.
Ayni şu kabi işlarni san’at darajasida qila oladigan professional mutaxassislarni tayyorlasak, Özbekiston hududida suratga olinadigan çet el filmlari ham köpayadi, çunki bizda baza böladi. “Bahodir Yalangtöş” filmiga Qozoğistondan kaskadyorlar olib kelib işlatdik. “Mendirman Jaloliddin” serialini suratga olişda ança vaqtimiz otda yuriş, qiliçbozlik kabilarni örganişga ketdi. Umuman, biz ma’lum bir filmni suratga olişdan avval şunaqa oqsoq tomonlarimizni töğrilaşimiz kerak böladi.
— "Tirik tarix" turkum filmlarini yaratiş jarayonida milliy özlikni anglatuvçi elementlarni saqlab qoliş va ularni xalqaro darajada taqdim etişda qanday strategiyalar qöllanadi? Syujyetlarda nimalarga köproq urğu beriladi?
Muzaffar Erkinov: — Prezidentimiz dunyo hamjamiyati e’tiborini tortişni kino san’atidan boşlaş kerak, ma’naviyat, ma’rifatni yölga qöymoqçi bölsak, kinodek nurli yöl yöq, dedilar. Özligimizni anglatadigan narsa bizning ma’naviyatimiz, mentalitetimiz. Jahonda ham şu narsa qadrlanadi, kinofestivallarda asosiy e’tibor özlikka qaratiladi. Biz kuçli dramaturgiya, kuçli syujyet, tarixiy şaxslar orqali dunyoga çiqişimiz mumkin. Yangi işlanadigan filmlarda aynan şu jihatlarga köproq e’tibor qaratiladi.
"Ma’naviyat" sözi işlatilganda ba’zi odamlar enca qotiradi. Ma’naviyat aslida kerak bizga, bunda özligimiz bor. Agar bu narsani yöqotsak, millatimizni yöqotib qöyamiz, har bir millatning alohidaligi bor. Ma’naviyat kerakmas, deganlar ham yoşi ötsa, bolalaridan şu narsani kutadi hali.
— Ma’lumki, filmlarning ham bir qança turi bor. Masalan, badiiy filmlar, hujjatli filmlar yoki mualliflik filmlari. Nima uçun aynan tarixiy filmlarning işlab çiqilişiga köproq e’tibor qaratilyapti deb öylaysiz?
Muzaffar Erkinov: — Boşqa xalqlarning tarixiy film işlayotgan ijodkorlari milliy tarixiy şaxs topişga qiynalib qolişadi, örtamiyona şaxslarni ham olib, qahramon sifatida ekranga olib çiqadi. Lekin bizda yuzlab tarixiy şaxslarimiz bor. Masalan, Amir Temurdek şaxslar dunyo tarixida barmoq bilan sanarli. Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Buxoriy, Moturidiy kabi qança allomalarimiz bor.
Tohir Saidov: — Otimizni qamçilab qolişimiz kerak: bugun tarixiy şaxslar, sohaviy qahramonlar talaş bölib yotibdi. Misol uçun, Janubiy Koreyada Tangem seriali suratga olingan. Unda boş qahramon Tangem tibbiyot asosçisi sifatida gavdalantirilgan. Vaholanki, serialda Tangem körsatayotgan muolajalarni bizning bobomiz Abu Ali ibn Sino bir neça asrlar oldin yozib, avlodlarga qoldirib ketgan. Filmda esa Tangem tibbiyotning onasi sifatida tomoşabin ongiga singdirilgan. Tasavvur qilyapsizmi filmning kuçini. Bugungi davrda kim oldinroq harakat qilib, tarixiy qahramonlar haqida yaxşi film olsa, tarixiy şaxs öşaniki bölib qolyapti odamlar şuurida. Buyuk bobokalonlarimiz haqiqatan bizniki ekanini filmlar orqali namoyiş qilib, buni dunyo hamjamiyatiga anglatiş vaqti keldi, nazarimda.
— Filmni işlab çiquvçi asosiy va boş ijodkor, odatda, rejissyor böladi. Lekin milliy rejissyorlarimiz soni barmoq bilan sanarli darajada. Nima uçun sifatli va saviyali filmlarni tomoşabin e’tiboriga taqdim eta oladigan kinorejissyorlar soni kamayib ketgan?
Muzaffar Erkinov: — Rejissura sohasida yetişib çiqqan avlodlar orasida katta böşliqlar bor. Masalan, Zulfiqor Musoqov, Jahongir Qosimov, Hilol Nasimov, Abduhalil Mengnorov kabi rejissyorlar 60 yoşdan oşgan. 10-12 yil ötgaç, Ayub Şahobiddinov, Yolqin Töyçiyev, Mirmahsud Oxunov kabilar maydonga çiqqan. Undan keyingi avlod Jahongir Ahmedov, Umid Hamdamov, Akbar Bekturdiyev, Sarvar Karimov. Yana bir neça yillar ötib yetişib çiqqan yangi avlod Şokir Xoliqov singari ijodkorlar. Rejissyorlarimiz soni barmoq bilan sanarli darajada. 37 mln xalqimizni sifatli kinolar bilan ta’minlaş uçun aslida kam ularning soni. Bunday uzilişlar saviyali kinolarni suratga olişga talab deyarli yöqligidan paydo böldi. Tarixiy filmlarni muntazam suratga oliş böyiça tizim işga tuşib, jarayon davomiy bölsa, uzilişlar, fikrimça, bundan bu yoğiga kuzatilmaydi.
— Tarixiy qahramonlarni gavdalantirib bera oladigan ijodkorlar mahalliy doirada yetarlimi?
Tohir Saidov: — Tarixiy qahramonlarni gavdalantirib bera oladigan mahalliy ijodkorlar bor, ularni saralab, ekranga olib çiqişda asosiy gap. Aktyorlik talablariga javob beradigan yigit-qizlarimiz köp. Taşqi köriniş masalasida ham özimizning aktyorlar tarixiy filmlardagi rollarni ijro etgani yaxşi, sababi yuz tuzilişi jihatidan baribir avlod ajdodga öxşaş böladi.
Tohir Saidov va Muzaffar Erkinov yaxşi filmlar suratga oliş uçun katta masştabdagi jamoaviy tizimning riçagini burab yuboriş kerakligi, yangi kinoijodkorlar armiyasini izlab topiş zarurligini ham ta’kidlaşdi.
Diyoraxon Nabijonova suhbatlaşdi.
Operator: Abduqodir Tölqinov.
Montaj ustasi: Ohun Normurodov.