Countrymetres ma'lumotlariga köra, 2020 yilda sayyorada aholining yillik ösiş körsatkiçi 95 millionni taşkil etadi. Taqqoslaş uçun, 2015 yilda bu körsatkiç 83 mln kişiga teng bölgan. Qayd etib ötiş lozimki, yer aholisi 3 karraga köpaygan davrda çuçuk suvdan foydalaniş hajmi 17 martaga ortgan. Ustiga-ustak, ba'zi prognozlarga köra, 20 yildan keyin çuçuk suvga bölgan talab hajmi yana 3 karraga ortişi mumkin.
Çuçuk suv yetişmovçiligi muammosi Özbekistonga ham begona emas. Suv tanqisligi muammosi bölgan mamlakatlar röyxatida Özbekiston 25-örinni egallaydi. Mamlakatda suv tanqisligi darajasi yuqori deb baholanadi.
2020 yil 16 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş masalasi muhokama qilingan edi. Unda ta'kidlanişiça, sönggi 10 yilda Özbekistonda suv zaxiralari 12 foizga, joriy yilda ötgan yilgi bilan soliştirganda 15 foizga kamaygan.
Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM)ning suvni tejaş masalalariga bağişlangan UzWaterAware loyihasi suv bilan boğliq muammolar fonida Yevroittifoq moliyaviy kömagi asosida multiplikatsion videoroliklar seriyasini tayyorladi. Özbekiston Suv xöjaligi vazirligi loyihaning milliy hamkori hisoblanadi.
Loyiha taşkilotçilariga köra, rus va özbek tillaridagi mazkur roliklar ta'lim muassasalarida onlayn va oflayn darslar çoğida suv resurslari mavzusini tuşuntiriş uçun foydali kontent böla oladi. Roliklarni oromgohlarda bolalarga namoyiş qiliş ham mumkin.
«2019 yil yakuni – 2020 yil avvalida UzWaterAware’ning tadbirlari çoğida namoyiş etilgan ta'limiy roliklar nafaqat bolalar, balki kattalar uçun ham birdek qiziqarli ekaniga guvoh böldik. Viloyatlar, Toşkent şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan treninglar, ekodarslar, suvni tejaş böyiça ekomarafonlar çoğida videoroliklar turli auditoriyalarga, jumladan, jurnalistlar, fermerlar, xalqaro, davlat va nodavlat taşkilotlar vakillariga namoyiş etildi», – deydi MOMEMning Özbekistondagi filiali direktori va loyiha menejyeri Şahnoza Umarova.

















