«Hukumat öyinlarini bas qilib, monopolistni qöllamasligi kerak». Avtosanoat kimlarning qölida?
|04:21 / 14.03.2020173 4279 min
Rasul Kuşerbayevning aytişiça, UzAuto Motors monopoliyasidan «bir guruh noma'lum şaxslar foyda körayotgani sezilyapti». Murod Muhammad Döstning esa işonçi komil: «Bu yerda qandaydir bir tödaning manfaati bor».
Kun.uz UzAuto Motorsʼning avtomobillar narxini oşirişi böyiça jamiyatdagi turli soha vakillari fikrini örganişda davom etadi.
Bu gal deputat Rasul Kuşerbayev, huquqşunos Nuriddin Murodov va yozuvçi Murod Muhammad Döst mavzu yuzasidan öz pozitsiyalarini ma'lum qilişdi.
Rasul Kuşerbayev: «18 mingta iş örni va soliqni deb, 34 million kişini qiynaşyaptimi?»
Rasul Kuşerbayev 11 mart kuni «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi tomonidan taşkil qilingan deputatlar, «Özavtosanoat» va UzAuto Motors vakillari örtasidagi muloqotda iştirok etgan edi.
«Ayni paytda Özbekistonda avtomobil işlab çiqaruvçi zavod işlamasa, 34 millionlik Özbekiston aholisi nimani yöqotadi, deya ulardan söradim. Mutasaddilarning argumentiga köra, 18 mingta iş örni va soliq tuşumlari yöqotilarkan.
Oçiği, men hayron qoldim. Bor yöği şumi? 18 mingta iş örni va soliq hisobiga 34 million kişini qiynaşyaptimi?
Ya'ni, qiynaş deganda, çet eldan ikki barobar arzonga avtomaşina olib kirişning iloji bölsa-yu, bunga ruxsat berilmasa. Içkarida esa odamlarning atayin oşirilgan narx bilan avtomaşina olişga majburlanişi qançalik töğri?» – dedi Kuşerbayev.
Deputatning ta'kidlaşiça, Özbekistonning 34 million aholisi qiynalişi 18 ming iş örni va davlatga tuşayotgan 4 trillion söm budjet tuşumlari hisobiga bölişi – adolatsizlik.
«Agar zavod şu sabab bilangina uşlab turilgan bölsa, bu judayam notöğri iş. Unda bu zavodni yo yopiş kerak, yoki xususiy sektorga sotib yuboriş kerak.
Öşa muloqotda biz boşqa yeçimlarni ham taklif qildik. Masalan, çetdan import qiliş mumkin bölgan avtomobillardan olinadigan davlat bojini 20 foizgaça tuşirişning özi davlatga zavod keltiradigan foydani beradi. Balki şu yölni sinab köriş kerakdir.
Mutasaddilar keltirayotgan sabablar ortidan ayonlaşib boryaptiki, bu zavodda «milliy mahsulot», «milliy ğurur» degan gaplar bor, lekin aynan mana şu gaplardan bir guruh şaxslar niqob sifatida foydalanayotganga öxşayapti.
Mavzuga oid
Ya'ni, butun bir xalq, jamiyat manfaat topişidan köra, bir guruh noma'lum şaxslar mana şu işlar ortidan foyda körayotgani sezilyapti.
Zavoddagi korrupsion öyinlar, oçiqlanmagan, yaşirin işlar yanayam şubhali savollarni tuğdiryapti. Bu ketişda odamlar bu sanoatdan rozi bölmaydi.
Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni qöşni davlatlarda arzon, özbekistonliklar uçun esa qimmat sotilayotganini yaşirib bölmaydi-ku axir».
Deputat biz bilan suhbatda, butun dunyoda işlab çiqaruvçi korxonalar öz mahsulotini xalqiga arzon berişga intilsa, Özbekistonda buning teskarisi ekanligi haqida ham gapirdi.
«Bu hammada norozilik keltirib çiqaryapti. Xafa bölayotganim – bir guruh şaxslar öz manfaatini xalq manfaatidan ustun qöymoqda», – deya afsus bilan suhbatni yakunladi Kuşerbayev.
Nuriddin Murodov: «Rossiyada narxlar bizdagiga qaraganda 30-40 foizga arzon»
Foto: XPK
Huquqşunos Nuriddin Murodovning ta'kidlaşiça, hozir bildirilayotgan fikrlarni milliy avtosanoatimiz faoliyatiga qarşilik deb tuşuniş kerak emas.
«Milliy mahsulot bölgani yaxşi. Ammo bu yerda öylanişi kerak bölgan masala – nima qilinsa avtomobil sanoatimizga bozor mexanizmlari kirib kelişi.
Sohadagi bugungi ahvol qoniqarli emas. Vakolatli qömitaning rasmiy xabariga köra, eksportga yönaltiriladigan Ravon R2 (Spark), Ravon R3 (Nexia), Ravon R4 (Cobalt) Rossiya bozorlarida çegirmalar bilan sotilmoqda, bu esa içki narxlar bilan 20-50 foizgaça tafovut qilmoqda», – dedi Murodov.
U, şuningdek, Rossiyadagi «AvtoVAZ» mahsulotlarining içki bozordagi narxlarini Özbekiston hududidagi narxlar bilan soliştirdi. Unga köra, Rossiyada narxlar bizdagiga qaraganda 30-40 foizga arzon.
«Sönggi uç yil davomida korxona tomonidan 167ta yangi uskuna va texnologiyalar işga tuşirilgan. Bu – korxonada mavjud texnologiyalarning atigi 2,1 foizini taşkil qilgan. 2017-2018 yillarda yangi iş örinlari yaratilmagan.
Bu holatni heç qanaqasiga tuşuntirib ham, tuşunib ham bölmaydi. Bu na bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari va hatto eski rejalaştiriş iqtisodiyoti qonuniyatlariga ham siğmaydi.
Yana bir gap, biz köpinça Janubiy Koreya aholisi qiyin vaziyatdan çiqişi va davlati rivoji uçun özlarining tillo taqinçoq va buyumlarini berganini misol qilib keltiramiz. Aslida, UzAuto Motors faoliyatini ham bugungi kunga qadar kelişida aholimizning ham ana şunday xizmatlari bor, desak töğri böladi. Çunki yillar davomida bu avtomobillarni xorijiy valutada sotib olganmiz», – dedi Murodov.
Huquqşunosning qöşimça qilişiça, UzAuto Motors kabi monopolistning mahsulotlari ommaviy oferta orqali sotiladi. Ommaviy oferta esa, ikkinçi tomonning, ya'ni aholining roziligi bilan amalga oşiriladi.
«Fuqarolik kodeksining 27-bobida şartnoma tuziş töğrisidagi qoidalar, taraflar örtasida şartnomaning barça muhim şartlari, şuningdek, taraflardan birining arizasiga köra kelişib olinişi zarur bölgan hamma şartlar muhim şartlar hisoblanişi körsatilgan.
Bundan taşqari, oferta, ofertaga taklif etiş, ommaviy oferta, aksept kabi tuşunçalar belgilab qöyilgan axir», – dedi Nuriddin Murodov.
Murod Muhammad Döst:«Hukumat öz öyinlarini qöyib, bu monopolistni umuman qöllamasligi kerak»
Taniqli yozuvçi Murod Muhammad Döstning sayt muxbiriga aytişiça, u bir neça kun avval UzAuto Motors mutasaddilarining deputatlar bilan bölgan uçraşuvini OAV orqali kuzatgan.
Yozuvçining xulosasiga köra, mutasaddilar berilgan savollarga yolğon javob berişgan.
«Uçraşuvda korxona mutasaddilari yolğon gapirayotgani yuzu közlaridan şunday sezilib qoldi.
Yaxşi niyatlar bilan barpo etilgan avtomobil zavodi özini oqlamadi. Oqlaşi mumkin edi, qaçonki bizning zavod bozor munosabatlari, bozor qoidalari asosida işlaganida.
Esingizda bölsa, 2008 yilda butun dunyo böylab iqtisodiy inqiroz kuzatildi. Öşa payti, bizda iqtisodiy inqiroz bölmaydi, deb döstlar bilan özaro hazillaşar edik, negaki, iqtisodiy inqiroz rosmana iqtisod bor joyda böladi. E'tibor bergan bölsangiz, inqiroz bizning çor atrofdan ihotalangan biqiq iqtisodimizni çetlab ötdi», deya kulgi aralaş gapirdi yozuvçi.
Köp yillar prezident devonida turli mas'ul lavozimlarda işlagan Murod Muhammad Döst suhbatda hukumat endilikda monopolist korxonani qöllab-quvvatlaşni bas qilişi kerakligini aytmoqda.
Jiddiyroq gapiradigan bölsak, hukumat endi özining öyinlarini qöyib, bu monopolist korxonani umuman qöllamasligi kerak. U çegaradagi bojlarni kamaytirişi, odamlarga erkin avtomobil sotib olişi uçun imkoniyat yaratib berişi şart.
UzAuto Motors rahbariyati mard bölsa, haqiqiy raqobatga kuçi yetsa, bozor qoidalari böyiça işlasin», dedi u.
Yozuvçining aytişiça, özbek avtosanoati faoliyatida alohida şaxslar manfaati ustuvorlik qiladi.
«Bu yerda qandaydir bir tödaning kattagina manfaati borday. Esingizda bölsa, bir paytlar korxona içidagi şaxslar tomonidan avtomobillarni arzon bahoda çetga çiqarib, keyin yana Özbekistonga qaytarib qimmat bahoda sotiş holatlari ham bölgan», – deya qöşimça qildi suhbatdoş.
Murod Muhammad Döst «Milliy tiklaniş» partiyasi raisi Alişer Qodirovning muloqotdagi harakatlaridan qattiq ranjiganini ham yaşirmadi.
«Keçagi muloqotda Alişer Qodirov degan deputatning gaplari, harakatlarini eşitib-körib juda uyalib ketdim. Yigit kişida ozgina ğurur bölişi kerak. Agar u adolatni himoya qilolmasa aqalli jim tursa ma'qulroq bölar edi. Xalq saylagan vakil xalqqa oçiqdan-oçiq jabr qilayotganlar tarafini olişi nimani anglatadi? Va umuman, uni rostdan ham xalq saylagan edimi?», – dedi u.
UzAuto Motors haqiqiy raqobatga kuçi yetsa bozor qoidalari böyiça işlasin. Raqobat bölmas ekan, eski öyinlar qiyomat qadar davom etaveradi», – dedi Murod Muhammad Döst.