Toşkent şahrida 2 aprel kuni, kunning ikkinçi yarmida kuçli momaqaldiroqlar kuzatildi va ayrim joylarda döl aralaş kuçli yomğir yoğdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu tabiat hodisasi oqibatida yöllarda avtomobillar harakati qiyinlaşgani, tunnellar va metro bekatlariga suv kirib ketgani aks etgan videolar tarqaldi.

Videolarda Toşkent metropolitenining «Amir Temur xiyoboni» bekatiga ham suv tuşayotganini ham köriş mumkin.

Metropoliten matbuot xizmati holat yuzasidan munosabatida bunga maxsus irrigatsiya, ya’ni suv ketiş yöllari (ariqlar) tölib qolgani va buning natijasida yomğir suvlari bekatga tuşa boşlaganini keltirgan.

«Bu holat mas’ullar tomonidan bartaraf etilgan va poyezdlar harakatiga heç qanday tösqinlik hosil qilmagan», — deyiladi xabarda.

Şu kuni «Ufa-Toşkent» hamda «Soçi-Toşkent» yönalişidagi samolyotlar Toşkent xalqaro aeroportida kuçli çaqmoq va jala yoğin kuzatilgani bois Samarqand aeroportiga yönaltirildi.

Kuçli şamol va jala poytaxtning bir qismida elektr uzilişlariga sabab bölgan.

Energetika vazirligi matbuot xizmati Olmazor, Sergeli va Toşkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilişlar kuzatilayotgani, tarmoqda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilayotgani haqida xabar bergan.