Raqamlaştiriş vazirligi va Aloqabankning Toşkent markazidagi binolari Aloqabankdan olingan kreditga hisobiga sotib olinişi bilan boğliq xususiylaştiriş jarayoni bekor qilingan. Bu haqda Kun.uz muxbirining savoliga javoban 4 may kuni Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ma’lum qildi.

“Bu narsa bekor böldi. Kredit ajratilişi ham, [binoning] sotilişi ham bekor qilindi”, – dedi u.

Nurmurodov bu holat haqida xabar bergan jurnalistlarga minnatdorçilik bildirdi.

Hozirga qadar bu şubhali keys böyiça huquq organlaridan heç qanday munosabat bölmadi.

Eslatib ötamiz, 2023 yil 4 aprel kuni E-auksion savdo platformasida Toşkent şahri Mirobod tumani, Amir Temur şohköçasi, 4-uy manzilida (Amir Temur xiyoboni oldida) joylaşgan Raqamli texnologiyalar vazirligi va Aloqabank binolarini sotiş böyiça savdolar yakunlangan edi. Har ikkala davlat aktivi bitta kompaniyaga sotilgandi.

Aloqabank boş ofisi binosi 10 daqiqa 44 soniyada 317,14 mlrd sömga sotilgan, bu – lotning boşlanğiç bahosidan (302 mlrd söm) 5 foizga köp. Ğolib bölgan taklif “Black Gold Industry News” tomonidan bildirilgan.

Oradan 9 soniya ötib, uşbu kompaniya Raqamlaştiriş vazirligi binosini sotib oliş uçun ötkazilgan ikkinçi kimoşdi savdosida ham ğolib çiqadi. Bu körsatkiç ham dastlabkisidan 5 foizga oşib, 69,85 mlrd sömni taşkil etgan. Mazkur lot 66,5 mlrd sömlik boşlanğiç narx bilan auksionga çiqarilgandi.

E’tiborlisi, 3 aprel kuni – kimoşdi savdosidan bir kun avval Aloqabank uşbu kompaniyaga 15 yil muddatga, 14 foiz stavkada 390 mlrd söm kredit ajratgan. 390 mlrd söm – bank aktivlarining 20,4 foizini taşkil etadi.

390 mlrd söm kredit olgan kompaniyaga ikkita bino xaridi 387 mlrd sömga tuşgan. Kompaniyaga ajratilgan kredit stavkasi – 14 foiz bozor narxidan ança arzon. Markaziy bank ma’lumotlariga köra, fevral oyida tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan kreditlar böyiça örtaça foiz stavkasi 21,9 foizni taşkil qilgan.

Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestriga köra, xaridor “Black Gold Industry News” MÇJ 2022 yil 31 yanvarda Samarqand şahrida röyxatga olingan. Joriy ustav fondi – 8 mln söm. Faoliyat yönalişi – toğ-kon sanoati sohasi bilan boğliq. Kompaniyaning yagona ta’sisçisi va rahbari sifatida Jalolov Ziyodulla Ilyosiddin öğli körsatilgan.