Şu yilning 13 sentabrida Şavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq Özbekiston boş vazirining örinbosari, Soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlangan Adham Ikromov endi Soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlangan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi guruhlardan birida ma'lumot berilgan.
Adham Ikramov bir vaqtning özida Boş vazir örinbosari hamda Soğliqni saqlaş vaziri vazifalarini bajaradi.

U 2012 yilning yozidan buyon Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri sifatida faoliyat körsatib kelgan Anvar Valiyeviç Alimovning örnini egalladi.
Şuningdek, boş vazirning yana bir örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi sifatida işlab kelgan Bositxanova Elmira Irkinovna Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari etib tayinlangan.
Ma'lumot uçun, Adham Ikromov bundan avval ham şu sohaga rahbarlik qilgandi. U 2009 yilning apreliga qadar Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari, 2009 yilning aprelidan 2012 yilning fevraligaça soğliqni saqlaş vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
2012 yilning 7 avgustida Özbekiston Prezidenti Islom Karimov öz farmoni bilan Adham Ilhomoviç Ikromovni Özbekiston Respublikasi Boş vazirining yangi örinbosari, madaniyat, ta'lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya masalalari böyiça majmua rahbari etib tayinlagandi.
2015 yilning iyulida esa u Soğliqni saqlaş, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş rahbari etib tayinlangan edi.

















