“GRANDPHARM” umumta’lim maktablarida kimyo va biologiyaga ixtisoslaşgan interfaol ta’limni yölga qöymoqda.
Farmatsevtika yönalişida öqişni va izlanişni istagan maktab öquvçilari endilikda kimyo va biologiya fanlaridan çuqurlaştirilgan ta’lim olişadi. “GRANDPHARM” mas’uliyati çeklangan jamiyati tomonidan yölga qöyilayotgan yangi loyihada şu maqsad közda tutilgan.

Loyiha doirasida tanlangan maktablarda amaliy kimyo va biologiya laboratoriyalari taşkil etilib, ularda interfaol ta’lim yölga qöyiladi. Uşbu umumta’lim muassasalari uçun alohida amaliy kimyo dasturi işlab çiqiladi. Şu munosabat bilan “GRANDPHARM” MÇJ, Toşkent farmatsevtika instituti, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi hamda “BILIM ONLAYN” nodavlat notijorat muassasasi bilan hamkorlikni yölga qöydi – ular örtasida memorandum imzolandi.
GRANDPHARM kompaniyasi respublikamizda farmatsevtika sohasini rivojlantiriş uçun salohiyatli kadrlarni yetiştiriş maqsadida iqtidorli yoşlarni maktab ta’limidan boşlab sohaga yönaltirişni rejalaştirmoqda.
Memorandumga köra, umumiy örta ta’lim maktablarida “Khan Academy Özbek” elektron platformasi kontentlaridan foydalangan holda kimyo fanidan amaliy laboratoriya maşğulotlari taşkil etiladi.
Elektron ta’lim resurslari umumiy örta ta’lim maktablarida öquvçilarning mustaqil bilim olişiga kömaklaşsa, sinfxonada taşkil etiluvçi amaliy laboratoriya maşğulotlari maktab öquvçilari bilim-könikmalarini amaliy jihatdan mustahkamlaydi.












