Ma'lum qilinişiça, “Özbekkino” milliy agentligi mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi oçilgan. Iş böyiça dastlabki tergovni Boş prokuratura ötkazmoqda.
Agentlikning ismi oçiqlanmagan mansabdorlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi va boşqa moddalari bilan ayblanmoqda.
Jinoyat işi qözğatilişiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan agentlikda ötkazilgan tekşiruv hujjatlari asos bölgan. Tergov jarayonida, “Özbekkino” faoliyatiga tegişli hujjatlar olinib, moliyaviy-xöjalik faoliyati yuzasidan taftiş tayinlangan.
“Aniqlanişiça, 22.06.2018 yilda “Özbekkino” Milliy agentligi hamda “Best organaizer” MÇJ örtasida “Menman Jaloliddin” nomli film yaratiş haqida dastlabki şartnoma tuzilib, şartnomaga muvofiq oldindan avans sifatida 533 mln söm mablağ tölab berilgan.
Lekin, uşbu filmni suratga oliş işlari “Mendirman Jaloliddin” nomi bilan Turkiya Respublikasidagi hamkorlar bilan olib borilganligi, uni işlab çiqariş xarajatlari budjetdan emas, balki boşqa homiylar tomonidan moliyalaştirilganligi sababli, “Özbekkino” Milliy agentligidan ajratilgan mablağlar filmni işlab çiqariş uçun sarflanmagan va bugungi kunda budjetga qaytarilgan”, – deyiladi Boş prokuratura axborotida.
Rasmiy xabarda alohida ta'kidlanişiça, tergov harakatlari davomida 3 oktabr kuni taqdimoti bölib ötgan “Mendirman Jaloliddin” filmiga tegişli hujjatlar olinmagan va bu filmni işlab çiqargan şaxslarning jinoyat işiga heç qanday aloqadorligi yöq.












