Afğonistonning Turkmaniston bilan çegarada joylaşgan Juzjon şimoliy viloyatida IŞID terrorçilik guruhi jangarilarini öqitişning yaşirin markazlari faoliyat körsatmoqda, ularda taxminan 300 nafar yoşlar tayyorgarlikdan ötmoqda. Bu haqda Pajhwok naşri mahalliy hokimiyat vakillariga tayangan holda xabar berdi.

Darzob uyezdidagi ma'muriy bölinma boşliği vazifasini bajaruvçi Baz Muhammad Davarning aytişiça, IŞID yaqinda Mogul qişloğida öziga jangarilar töplaş böyiça katta yiğimni taşkil etgan.

Uning sözlariga köra, IŞID öz safiga yaxşi bölmagan oilalarda voyaga yetgan 20 yoşdan kiçik şaxslarni jalb etiş harakatida. Ba'zi ma'lumotlarga köra, yangi jangarilar guruh safiga qöşilganliklari uçun 30-40 ming afğoniy atrofida pul olişadi.

Viloyat kengaşi a'zosi Muhammad Salimning tasdiqlaşiça, Darzobda IŞIDga qöşilgan ösmirlar soni keskin ortgan, hamda mahalliy aholi bu vaziyatdan taşvişga tuşib qolgan.

Uning sözlariga köra, ayni damda qişloq tumanlarda yaşovçi aholi IŞID talablarini qabul qilişdan boşqa tanlovga ega ham emas.

Şu bilan birga, viloyat kengaşi rahbari Bobur Işçi Darzobdagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyatdan taşvişda ekanini bildirdi. «Biz mahalliy amaldorlarni jangarilarga qarşi amaliyot ötkazişga majburlamoqdamiz», - deya ta'kidlab ötdi u.