“Abdulaziz Komilovning öşa çiqişi Özbekistonning eng dadil çiqişi edi. Biroq öşa çiqişdan keyin biz uçun 1 hafta iqtisodiy buhron boşlandi. Bilasizmi, Özbekistonning şimol tomondan okeanga oçiliş yönalişi 1 haftaga maxsus falajlantirildi. Mana şu haqda gapiriş kerak.

Qarang, iqtisodiy qaramlik masalasi... Nima uçun Özbekiston ehtiyotkor bölişi kerak? Özbekiston bugun şunday joylaşganki, eksport qilmasa, ya’ni jahon bozoriga çiqmasa, rivojlaniş öz-özidan bölmaydi.

Men buni şu paytgaça ataylab qilingan deb hisoblayman. Ya’ni Afğonistondagi notinçlik, bizning Afğoniston koridoridan foydalana olmayotganimiz maxsus, sun’iy taşkil qilinayotgan bir masala, konflikt deb hisoblayman.

Haligaça Afğoniston koridorini oçolmayotganimiz, şuningdek, Eronning Çobahor portidan ma’lum vaqt foydalandik va oxirgi krizislardan keyin bu masala ham yopildi. Mana şu koridorlar oçilmayapti.

Bu koridorlar oçilmasligi va şimoliy oqimga zarurat muntazam uşlab turilişini kim va nima uçun taşkil qilyapti deb öylaysiz? 

Mana şu jarayonni boşqarayotganlar sizning taşqi axborot resurslari bilan bemalol tez-tez fikrlaringiz özgarib ketişidan manfaatdor emas. 

Xöş, siz öz işlaringizni bemalol amalga oşira olaman deb öylaysizmi? Yöq, bölmayapti. Şuning uçun men yuqoridagi gapni aytdim, rivojlaniş – tösiqlarning ustidan ötiş degani. Bizda esa bu tösiqlar juda katta, oğir. Bu tösiqlardan özimiz ötmasak, boşqa birov ötkazib qöymaydi. Bu juda oğir”, – degan Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari.

Ma’lumot uçun, Özbekiston sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov 17 mart kuni Senatdagi çiqişi davomida Özbekiston Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini tan olişi, Donbassdagi özini özi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni esa tan olmasligini bildirgandi.

Oradan ön ikki kun ötib esa Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati Komilovning surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot boş boşqarmasining 1-son Markaziy klinik şifoxonasida tibbiy muolajalar olgani va salomatligini yanada çuqurroq tekşiriş zarurati yuzaga kelgani tufayli xorijda davolanayotganini