Şu yilning 15 iyunidan respublikadagi barça OTMlarda qabul komissiyalari öz işini boşladi. 2019-2020 öquv yili qabulida abituriyentlar uçun bir qator imtiyoz, qulayliklar va yangiliklar yaratilgan. Jumladan:
- Yangi öquv yilida yangi taşkil etilgan 16 OTMda (8 tadan xorijiy va mahalliy OTM) qabul boşlangan;
- OTMlarga qabul kvotalari qariyb 20 foizga oşirilib, 120 mingdan ortiq abituriyentlar talabalikka qabul qilinişi rejalaştirilgan;
- abituriyentlarga OTMlarga öqişga kirişda uçtagaça bakalavriat ta'lim yönalişida tanlovda iştirok etiş imkoniyati berildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-sonli Qarori bilan 2019/2020 öquv yilida Özbekiston Respublikasidagi OTMlariga davlat buyurtmasi asosida öqişga qabul qilişning parametrlari tasdiqlangan bölib, unga köra:
Bakalavrlar tayyorlaş böyiça:
kunduzgi ta'lim şakliga – 80 430 nafar;
sirtqi ta'lim şakliga – 19 985 nafar;
keçki ta'lim şakliga –1 985 nafar.
magistrlar tayyorlaş böyiça – 7 695 nafar abituriyent qabul qilinişi közda tutilgan.
Ayni vaqtda yurtimizdagi barça OTMlarda qabul jarayoni özining qizğin pallasiga kirgan. Bu yildan boşlab qabul jarayoniga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan. Abituriyentlar va ota-onalarga yaratilgan şaroit va qulayliklar, şuningdek, hujjat topşiriş jarayonini közdan keçiriş maqsadida Toşkentdagi bir neçta OTMda böldik.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Birinçi manzilimiz, Islom Karimov nomidagi Toşkent Davlat Texnika universiteti böldi. Universitetda qabul jarayoni boşlangan, abituriyentlar özlari tanlagan yönalişlar böyiça hujjat topşirişmoqda.























