Osiyo taraqqiyot banki Özbekistonga koronavirus pandemiyasi bilan kuraşiş va uning iqtisodiy oqibatlarini kamaytirişga yordam körsatadi.
Investitsiya va taşqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilişiça, Özbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli budjetni qöllab-quvvatlaş uçun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 milliard dollargaça mablağ ajratişni söradi.

1 aprel kuni Özbekiston boş vaziri örinbosari — Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov videokonferensiya formatida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava bilan Özbekistonda koronavirus tarqalişidan aholini himoyalaş va global pandemiyaning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga ta'sirini yumşatiş böyiça olib borilayotgan işlar hamda mazkur masalalarda OTBning Özbekistonga körsata oladigan yordami mexanizmlarini muhokama qildi.
Vazirlik xabariga köra, suhbat çoğida OTB prezidenti uşbu öta oğir paytda Özbekistonni Covid-19’ga qarşi kuraşişga mablağ jalb qiliş, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va iqtisodiyotning barqaror işlaşini ta'minlaş orqali har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorligini ta'kidladi.
U OTB Özbekistonning virus tarqalişi bilan boğliq tibbiy ehtiyojlari uçun 200 ming AQŞ dollariga teng miqdorida grant ajratilişini ma'qullagan.
«Bank tomonidan, Respublika soğliqni saqlaş tizimini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan qöşimça mablağlarni jalb qiliş istiqbollari körib çiqilmoqda.
Bundan taşqari, yaqin kunlarda bank rahbariyati tomonidan va pandemiyada şaroitida Özbekiston iqtisodiyoti rivojlanişini rağbatlantiriş va barqarorligini ta'minlaş uçun qöşimça moliyaviy resurslarni ajratiş masalasini körib çiqiladi.
OTBning Özbekistonga 1 milliard AQŞ dollarigaça budjet mablağlarini ajratiş töğrisidagi arizasini körib çiqiş masalasi alohida muhokama qilindi. M.Asakava uşbu masalani hal qiliş uçun bankda alohida guruh tuzgani va uşbu masalani ma'qullaş va moliyaviy yordam mablağlarini ajratiş jarayonlarini tezlaştiriş uçun barça sa'y-harakatlar amalga oşirilişini ma'lum qildi», deyiladi













