Elmira Bositxonova: Endi hokim o‘z ishini mahallalarga qildirishiga chek qo‘yiladi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova mahallalar endilikda kimga bo‘ysunishi haqidagi savolga oydinlik kiritdi.

Bugun, 27 fevral kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda so‘zda chiqqan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova O‘zbekiston prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni unda belgilangan vazifalar yuzasidan nutq so‘zladi.
Elmira Bositxonova mahallalar endilikda kimga bo‘ysunishi haqidagi savolga oydinlik kiritdi.
«O‘zini-o‘zi boshqarish organi o‘z fuqarolari va kengashdan boshqa hech kimga bo‘ysunmaydi. Vazirlik [Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi] tashkil qilinganining eng katta sabablaridan biri – mahalla raisiga va mahalla faollariga hokimning o‘z ishini qildirishi masalasiga chek qo‘yiladi. Endi vazirlik ana shu aralashuv, majburlovlar – majlisda o‘tirish, tadbirda ishtirok etishga majburan olib borishning barchasiga nuqta qo‘yiladi. Farmonda bu aniq belgilab berilgan.
Endi hamma masalalar bizning ijroimizda. Qanday ijro etsak, 32 banddan iborat farmonning barcha bandlari aniq bajariladi. Buning uchun hammamiz baravariga harakat qilishimiz kerak. Shu jumladan, ommaviy axborot vositalari ham», deya Elmira Bositxonovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish masalasini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston | 08:10
-
Sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 07:37
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Mavzuga oid

09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi

14:28 / 14.01.2025
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi

15:16 / 03.01.2025
1 fevralgacha mahallalar uchun bankirlar tayinlanadi

19:03 / 16.12.2024