Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasining Özbekistondagi bölimi xodimi Qaşqadaryo viloyatidagi «Jarquduq» gaz tayyorlaş majmuasi işçilarini haqorat qilgani aks etgan video tarqalgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasining Özbekistondagi bölimi xodimi Qaşqadaryo viloyatidagi «Jarquduq» gaz tayyorlaş majmuasi işçilarini haqorat qilgani aks etgan video tarqalgandi. Işçilarning aytişlariça, voqea ikki hafta avval yuz bergan.
«Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani» matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, elektrçilangarlar brigadasi uçastka boşliği rahbarligida 110 ming volt kuçlanişli «Jarquduq» nimstansiyasida iş olib borilayotganida xavfsizlik texnikasi talablari qöpol ravişda buzilgan bölib, bu brigada ölimi, qimmatbaho uskunalarning şikastlanişi va butun obektning işdan çiqişiga olib kelişi mumkin bölgan. Yöl qöyilgan xato boş energetik Ivan Şilov tomonidan aniqlangan, şundan söng tasdiqlangan qoidalarga muvofiq nimstansiyadagi işlar vaqtinça töxtatilgan.
«Körsatmalarga rioya qilmaslik qöl ostidagi xodimlarning hayoti uçun fojiali oqibatlarga olib kelişi mumkinligini anglagan Ivan Şilov muloqot çoğida axloqiy me'yorlardan çetga çiqib ketgan va mahalliy xodimlarga nisbatan qöpol sözlar aytgan», - deyiladi matbuot xizmati tomonidan.
Ma'lum qilinişiça, hozirda kompaniyada içki tekşiruv ötkazilmoqda, şu bois Ivan Şilov «Lukoyl»ning işbilarmonlik etikasi böyiça komissiyasining Moskvadagi yiğilişiga çaqirilgan. Örganiş natijalariga köra voqeaning barça iştirokçilariga nisbatan aybdorlik darajasini hisobga olgan holda intizomiy çoralar köriladi.
Avvalroq uşbu hodisa yuzasidan Özbekistondagi bir neçta nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari öz fikrlarini bildirdi.
Xususan, «Yuksaliş» umummilliy harakati «Lukoyl» kompaniyasi rahbariyati kelgusida bunday holatlarga takror yöl qöymaslik haqida, şuningdek, mazkur salbiy holat iştirokçisiga nisbatan körilgan çora yuzasidan yaqin vaqt davomida jamoatçilikka axborot berişi lozimligini bildirgandi.
Özbekiston XDP mazkur videolavha yuzasidan tegişli tartibda örganiş ötkazib, holat böyiça rasmiy izoh, tuşuntiriş berilişi zarurligini bildirdi.
ÖzLiDep xizmat vazifasini bajariş davomida yöl qöyilgan xato va kamçiliklar uçun mas'ul xodimlarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda jazo çoralarini köriş eng töğri yöl deb hisoblaşini

















