Bugun, 14 dekabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik Katta teatrida Özbekiston futbol federatsiyasining 2017 yildagi faoliyati yakunlari va turli nominatsiyalar böyiça ğoliblarni taqdirlaşga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Bu yilgi taqdirlaş marosimi avvalgi yillardagiga qaraganda boşqaça formatda ötkazildi.




Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi raisi Rustam Qurbonov, Özbekiston futbol federatsiyasi raisi Umid Ahmadjonov va boşqalar mamlakatimizda futbolni rivojlantiriş, yoşlarning futbol bilan muntazam şuğullanişi uçun zarur şaroit yaratişga doimiy e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi.






Sönggi yillarda Özbekistonda futbolni rivojlantirişning mustahkam poydevori, yaxlit tizimi yaratilgani qayd etildi. Özbekistonning barça hududlarida futbol infratuzilmasini yaratiş, yangi stadionlar, bolalar va ösmirlar sport maktablarini barpo etiş, mavjudlarini rekonstruksiya qiliş, turli musobaqa va turnirlarni muntazam taşkil etiş orqali yoş iqtidor egalarini aniqlaş va terma jamoalar zaxirasini boyitiş, milliy, yoşlar, ösmirlar terma jamoalarining xorijiy öquv-maşğulot yiğinlari va nufuzli turnirlarda munosib iştirokini ta'minlaş, murabbiy va hakamlarning malakasini oşiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilgani e'tirof etildi.








































