Iqtisodiyot | 15:18 / 09.01.2020
157825
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning qaysi davlatdan eng ko‘p qarzi bor? 

Foto: AP

2019 yil boshidan buyon O‘zbekistonning davlat qarzi 4,5 milliard dollarga yoki 30,9 foizga oshdi.

Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi bo‘yicha yangilangan statistikani e'lon qildi.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan yoki uning kafilligi ostida olingan qarzlar miqdori 19,2 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotning 33,6 foizini tashkil etdi.

Birinchi o‘rinni hali ham Xitoy egallab turibdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, ushbu davlat qarzi miqdori 2,8 milliard dollarni tashkil etgan. Bu mablag‘lar O‘zbekiston hukumatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarzi emas, asosan Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Xitoyning Eksport-import banki kreditlarini aks ettiradi.

Ikkinchi o‘rinda Yaponiya (1,8 milliard dollar), uchinchi pog‘onada Janubiy Koreya (560 million dollar). Fransiya to‘rtinchi (345,8 million dollar), Germaniya beshinchi (286,5 million dollar), Rossiya oltinchi (150,6 million dollar), Saudiya Arabistoni yettinchi (122,1 million dollar). Boshqa mamlakatlar hissasiga (111,8 million dollar) to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid