Eydelmanning ta'kidlaşiça, kasallikning yangi tölqiniga jiddiy tayyorlaniş lozim, çunki u COVID-19 alomatlariga ega mavsumiy ötkir respirator virus infeksiyasi (ORVI) bilan birga keçişi sababli murakkablaşişi mumkin.
“Har yildagi kabi noyabr-dekabrda nafas yöllari kasalliklari köpayişini anglaş lozim. Şu sababli yötalayotgan, aksirayotgan kasallarni koronavirusga çalinganlardan farqlaş qiyin böladi. Aynan şu katta muammodir”, deb aytgan şifokor.
Eydelmanning ta'kidlaşiça, noyabrgaça soğliqni saqlaş tizimi töliq safarbar qilinişi lozim. Uning fikriça, koronavirusning kuzgi tölqini karantin çeklovlari bekor qilingani sababli yozgisidan kuçliroq böladi.
Mutaxassisning ta'kidlaşiça, hozirda koronavirusga çalinganlar soni butun dunyoda köpaymoqda. Ba'zi davlatlarda, misol uçun, Italiya va Germaniyada kasallaniş holatlari biroz köpayayotgani sezilayotgan bölsa, Hindistonda bu körsatkiç yuqori darajani taşkil qilmoqda. “Aslida kasallanganlar soni aniqlanganlaridan köproqni taşkil qiladi”, deb qöşimça qilgan Eydelman.


















