Baza stansiyalarini o‘rnatish va takomillashtirishdan oldin transport tarmog‘i modernizatsiya qilindi. Beeline Uzbekistan texnik mutaxassislari avval o‘rnatilgan radiorele qurilmasini E-Band chastota diapazonida ishlaydigan yuqori tezlikdagi zamonaviy analogiga almashtirishdi. Bu ma’lumot uzatish kanallarining o‘tkazish qobiliyatini 6 Gb/s gacha oshirish imkonini berdi. Modernizatsiya Surxondaryo viloyatidagi barcha radiorele liniyalarining 30 foizini qamrab oldi. Shuningdek, 10 ta qo‘shimcha RRL oraliqlari qurildi.

Ikkita shaharda: Jarqo‘rg‘on va Termizda, shuningdek o‘n bitta tumanda: Oltinsoy, Angor, Boysun, Denov, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod, Sariosiyo, Uzun, Sherobod va Sho‘rchida yangi baza stansiyalari o‘rnatildi hamda ikkinchi va uchinchi avlod uskunalari 4G tezligigacha «tezlashtirildi». O‘n beshta kichik aholi punktlarida 4G ilk bor paydo bo‘ldi.

Kompaniyaning texnik mutaxassislari ilgari 4G interneti mavjud bo‘lmagan mashhur dam olish maskanlariga alohida e’tibor qaratishdi. Endilikda «Xo‘jaipok» tog‘ sog‘lomlashtirish oromgohi, Oltinsoy tumanidagi «Vaxshivor», «Vaxshivor-1», «Vaxshivor-2» oromgohlari mehmonlari foydalanishlari mumkin.

«Mamlakatimizning barcha hududlaridagi aholi manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirayotgan tarmoqni modernizatsiya qilish loyihasi LTE tarmog‘i sig‘imini kengaytirish va yangi aholi punktlarini qamrab olishga qaratilgan. Surxondaryo viloyatida texnik ishlar hududning 40% dan ortig‘ini qamrab oldi. Bizning mehnatimiz tufayli yuz minglab odam barcha zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligi, va ulardan hatto kichik qishloqlarda ham foydalanishlari mumkinligi bizni mamnun etadi», — deydi Beeline Uzbekistan Janubiy hududiy filiali direktori Shuhrat Usmonov.

Beeline Uzbekistan 4G aloqasi birinchi marta Surxondaryo viloyatining quyidagi aholi punktlarida paydo bo‘ldi:

  • Oltinsoy tumani — Bo‘ston, Vaxshivor, Xo‘jaipok mahallalari;
  • Angor tumani — Sharq guli mahallasi;
  • Boysun tumani — Dashtig‘oz va Pulhakim mahallalari;
  • Qiziriq tumani — Bo‘ston va Kushkuton mahallalari;
  • Qumqo‘rg‘on tumani — Bobotog‘ va Guliston mahallalari;
  • Muzrobod tumani — Bog‘i Eram, Oriyat, Yurtim Jamoli, Chegara mahallalari;
  • Sariosiyo tumani — Tog‘chiyon mahallasi;
  • Termiz tumani — Ayritom mahallasi;