Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, mazkur hodisa 2021 yil 17 avgust kuni, taxminan soat 17:00 larda sodir bo‘lgan.

Voqea guvohlarining so‘ziga ko‘ra, yo‘l-patrul xizmati xodimi Lacetti bilan quvib o‘tish qoidasini qo‘pol tarzda buzgan va o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan boshqa bir Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda har ikkala mashina shikastlangan va yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Hodisa tafsilotlari haqida tegishli organ tomonidan rasmiy axborot berilmagan.