Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi

Foto: KUN.UZ
26-27 mart kunlari Toshkent shahrida tashkillashtirilgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari «Toshkent deklaratsiyasi»ni qabul qilib, Afg‘oniston masalasini hal qilishda bahamjihat harakat qilishni ta'kidladi. Shuningdek, deklaratsiya matnida «Tolibon» harakati vakillari ham Afg‘onistonda yuz berayotgan siyosiy jarayonlarda legitim ishtirokchi sifatida qatnashishi e'tirof etildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, anjumanda ishtirok etgan barcha davlatlar BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining, jumladan, 2018 yil 19 yanvar kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik Kengashining Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘yicha majlisidan so‘ng Afg‘oniston va Markaziy Osiyo o‘rtasida shakllantirilgan yangi sheriklikka doir rezolyutsiyalari va qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini qat'iy bildirgan.
«Milliy Birdamlik hukumatining toliblar bilan keng ko‘lamli tinchlik kelishuviga erishish bo‘yicha pirovard maqsad yo‘lida oldindan hech qanday shart qo‘ymaslik asosida «Tolibon» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni boshlash haqidagi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan taklifini qat'iy qo‘llab-quvvatlashimizni ta'kidlaymiz hamda «Tolibon»ni Afg‘oniston rahbariyati va ushbu mamlakat xalqining o‘z sa'y-harakatlari bilan va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga muvofiq amalga oshirilayotgan tinchlik o‘rnatish jarayoniga doir ushbu taklifni qabul qilishga chaqiramiz», deyiladi deklaratsiya matnida.
Ishtirokchilar Afg‘oniston hukumati va «Tolibon»ning murosasoz vakillari o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralarini o‘tkazish zarurati mavjudligini qayd etib o‘tgan.
Markaziy Osiyo, Rossiya va AQSh Afg‘onistonni beqarorlashtirish va mojaroni uzaytirishga olib keluvchi «Tolibon» va IShIDga har qanday moliyaviy, moddiy ko‘mak yoki qurol-yarog‘ taqdim etilishiga qat'iy qarshiligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

20:09 / 15.04.2025