Özbekiston Respublikasi Içki işlari vaziri örinbosari Tohir Tölqinoviç Aripov Toşkent viloyati IIB boşliği lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Bu ma'lumot «Kun.uz» manbasi tomonidan tasdiqlandi.

Tohir Aripov
Foto: IIV axborot xizmati

U 14 oktabr kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida ötkazilgan selektor davomida işdan olingan Abdumalik Allamurodovning örnida iş boşlaydi.

Polkovnik Tohir Aripov şu yilning may oyi oxirida Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangandi. U 2017 yilning iyulidan 2018 yil mayigaça IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasi boşliği bölgan.

Şuningdek, Toşkent viloyatining yangi prokurori ham ma'lum. «Kun.uz» manbasi ma'lumotiga köra, Özbekiston Respublikasi boş prokurori örinbosari Salom Ismatoviç Samadov viloyat prokuroriga aylangan.

Salom Samadov
Foto: Boş prokuratura

U bu lavozimda öz arizasiga binoan işdan böşatilgan Şavkat Rahmatov örnida iş boşlamoqda.

Salom Samadov 1963 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 1990 yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 1990 yilda Buxoro viloyati F.Xöjayev tuman prokuraturasida boşlab, Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005 yildan boşlab, Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari, Xatirçi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori örinbosari, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Qaşqadaryo viloyati prokurori, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatçisining örinbosari, birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.