O‘zbekiston | 12:04 / 20.05.2024
25533
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev oyatulloh Ali Xominaiyga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlar qalblarida doimiy saqlanib qolishi ta’kidlangan. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xominaiyga hamdardlik bildirdi

Maktubda, jumladan, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlar qalblarida doimiy saqlanib qolishi ta’kidlanadi. 

Davlat rahbari do‘st Eron xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.

Baxtsiz hodisa 19 may kuni sodir bo‘ldi. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, shuningdek, mamlakat tashqi ishlar vaziri Hussayn Amir Abdullohiyon va Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Oyatulloh Muhammad Ali Al-Hoshim Ozarboyjon bilan chegaradagi to‘g‘on ochilishidan qaytayotgan edi. Vertolyot Sharqiy Ozarboyjon viloyatining Uzi qishlog‘i yaqinida qulagan.
 
Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, vertolyot qulagan hududda tuman tushgan, shuningdek, u yerda ham yomg‘ir yog‘moqda, bu esa avtomobillar va odamlarning o‘tishini qiyinlashtirgan loyga sabab bo‘lgan. 

Mavzuga oid