O‘zbekistonda mahkumlarga masofaviy video-uchrashuv xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi
Jazoni ijro etish muassasalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb etish orqali mahkumlarning masofaviy video-uchrashuv xizmatidan foydalanishi imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda.
“Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning video-uchrashuv orqali onlayn uchrashish imkoniyatlari takomillashtirilayotgani munosabati bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning jamiyatdan ajralib qolishi oldini olish, qayta jinoyat sodir etilishi holatlarini kamaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jazoni ijro etish faoliyatiga tatbiq etish maqsadida ishlab chiqildi.
Qonun loyihasini qabul qilish zarurati quyidagilar:
- jazoni ijro etish muassasalari xususiyatini inobatga olgan holda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali video-uchrashuvga bo‘lgan huquqini ta’minlash;
- jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning oila va jamiyatdan uzilib qolishi oldini olish, ularning qonunga itoatkor xulq-atvorini rag‘batlantirish orqali kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini keskin kamaytirish;
- jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning huquqlarini xalqaro normalarga muvofiqlashtirish.
Jazoni ijro etish muassasalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb etish orqali mahkumlarning masofaviy video-uchrashuv xizmatidan foydalanish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda.
Loyihaning qabul qilinishi mahkumlarga telefon orqali so‘zlashish bilan bir qatorda, tegishli jazoni ijro etish muassasalarining turiga binoan jinoyat-ijroiya qonunchiligida belgilangan miqdordan oshmagan holda, ularning xohishi asosida masofali video-uchrashuv xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Mavzuga oid
15:49 / 02.11.2024
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri kelmoqda
12:30 / 25.10.2024
Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi takomillashtirilyapti
22:57 / 29.05.2024
Namangandagi qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi
10:07 / 08.05.2024