Jambil viloyati politsiya departamenti xabariga köra, mojaro politsiya tomonidan bostirilgan, vaziyat nazorat ostida.

«Masançi qişloğida aholi örtasida ommaviy muştlaşuv kelib çiqdi. Mojaro politsiya tomonidan bostirildi, vaziyat nazorat ostida», - deyiladi idora bayonotida.

Qator OAV tomonidan tarqatilgan xabarlarga köra, mojaro qozoqlar va dunganlar (Qirğizistonda yaşovçi millat) örtasida kelib çiqqan. Barçasiga mahalliy dunganlarning qozoq erkakni kaltaklaşi sabab bölgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda öq ovozlari, tartibsizliklar va olov domida qolgan uylar tasvirlanganini köriş mumkin. 

Jambil viloyati politsiya departamentining tergov boşqarmasi Jinoyat kodeksining 293-moddasi (Bezorilik) böyiça sudgaça tergov-suriştiruv harakatlarini boşladi. Mojaroning sababçilari va iştirokçilari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Qozoğistonning Masançi qişloği Qirğiziston bilan çegara yaqinida joylaşgan. Uni Tokmok şahri bilan Çu daryosi ajratib turadi.

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Korday tumanidagi mojaroga öz munosabatini bildirdi.

- Jambil viloyatining Korday tumanida bezorilik niyatida bölgan şaxslar örtasida ommaviy muştlaşuv kelib çiqdi. Fitnaçilar bundan foydalanişga harakat qilişdi. Politsiya vaziyatni nazorat ostiga oldi. Jamoat tartibini buzişda aybdor bölgan şaxslar javobgarlikka tortiladi, - deb yozdi prezident Twitter’da.

Qirğiziston-Qozoğiston çegarasida joylaştirilgan qirğiz çegaraçilari Qozoğistonning çegara tumanida vaziyat keskinlaşgani sababli xizmat ötaşning kuçaytirilgan rejimiga ötkazildi. Bu haqda Qirğiziston Davlat çegara xizmati matbuot xizmati xabar berdi.