2020 yilning fevralidan budjet taşkilotlari va muassasalari xodimlari iş haqlari, pensiya, stipendiya, nafaqa hamda kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordamlar miqdori 1,07 baravarga oşiriladi. Bu prezident Şavkat Mirziyoyevning 30 dekabr kuni imzolangan «Özbekiston Respublikasining «2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining davlat budjeti töğrisida»gi qonuni ijrosini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida közda tutilgan.
2020 yil 1 fevraldan boşlab:
- mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga 679 330 söm;
- pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 söm;
- eng kam yoşga doir pensiyalar – oyiga 466 680 söm;
- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 söm;
- zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 söm.
Şuningdek, qaror bilan:
- 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoşga tölgunga qadar bola parvarişi böyiça nafaqa, kam ta'minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari tasdiqlandi.
Bazaviy hisoblaş özgarişsiz qoldi — 223 000 söm. Qayd etilişiça, u soliqlar, yiğimlar, jarimalar, davlat bojlari va körsatilayotgan davlat xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan şuğullaniş uçun patent (litsenziya) tölovlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boşqa tölovlar miqdorini aniqlaşda qöllanadi.
Sönggi marta iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1 avgust kuni 10 foizga kötarilgandi.

















