«BMTda ilk bor Navoiy tilida» - Turkiyaning «Jumhuriyat» gazetasi Mirziyoyevning BMTda o‘zbek tilida nutq so‘zlashini olqishladi
Turkiyaning nufuzli mustaqil nashrlaridan biri – «Jumhuriyat» (Cumhuriyet) gazetasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlashi kutilayotgani munosabati bilan maqola chop etdi.
«O‘zbek tili BMTda» deya nomlangan maqola avvalida O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi «turkiy davlatlar orasida» eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, mamlakat aholisi asosan o‘zbeklardan iboratligi, qo‘shni o‘lkalar – Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonda ham ko‘p sonli o‘zbeklar yashashi qayd etiladi.
«Ushbu xususiyatlar hisobga olinganda, rasmiy Toshkent butun mintaqaning barqarorligini ta'minlashda katta hissa qo‘sha oladi», – deyiladi maqolada.
Anqaradagi nashr ta'kidicha, O‘zbekistonning ishtirokisiz Afg‘oniston, Xitoy, hatto butun dunyoda ekstremizmning oldini olish oson bo‘lmaydi; mintaqada g‘oyaviy nazorat o‘rnatilmasa, ekstremistlar Qozog‘iston, Rossiya va hatto Suriyaga qadar yoyilishi mumkin.
«Radikalizmni bartaraf etish uchun nafaqat tashqi omillarni cheklash, balki iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy sohalarda ham chora-tadbirlarni amalga oshirish ahamiyatga ega.
O‘zbekiston muazzam turizm salohiyatiga ega. Samarqand, Buxoro kabi shaharlar turkiy dunyo tarixi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Amir Temur avlodlarining diyori osmon ostidagi muzeyga o‘xshaydi go‘yo.
Iqtisodiy tomondan qaraganda, Turkiyada yetishtirilishi kamayib borayotgan paxta O‘zbekistonda hozirda ham katta miqdorda qayta ishlanib, eksport qilinadi. Ushbu o‘lka, shuningdek, Markaziy Osiyoning qoq o‘rtasida joylashgani tufayli sharq va g‘arbni bog‘lovchi halqa misolidir», – deyiladi «Jumhuriyat» maqolasida.
Nashr o‘zbek-turk munosabatlari ham so‘nggi vaqtlarda ravnaq topib borayotganini ta'kidlab, prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlariga e'tibor qaratgan.
«Mamlakatda boshqaruv tizimi boshdan oyoq o‘zgartirilib, yangilandi. O‘lka dunyoga ochildi. Qo‘shni va mintaqadagi davlatlar bilan aloqalari, hamkorlikka intilishlari diqqatga sazovor. Mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy yangilanish g‘oyasi «Yangi O‘zbekiston» shiori ostida tilga olinmoqda», – deya qayd etgan turk gazetasi.
Nashr Mirziyoyev boshqaruvidagi O‘zbekiston OAV faolligi, gender huquqi, majburiy va bolalar mehnati, inson huquqlari, kambag‘allikka qarshi kurash kabi yo‘nalishlarda yutuqlarga erishayotganini e'tirof etgan.
«Turk tilining tamal toshlaridan bo‘lgan chig‘atoy lahjasini adabiy til holiga yetkazgan Alisher Navoiy ayni vaqtda Amir Temur davlatining zabardast vakillaridan biri edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining ertaga boshlanadigan Bosh Assambleyasida hamkorlik marralari, umidlari va mamlakatining tinchlikparvar maqsadlarini ilk bor Navoiy tilida dunyoga xitob qiladi», – deyiladi «Jumhuriyat»ning 21 sentabr sonidagi maqolada.
Nashrning fikricha, Turkiya O‘zbekistondagi yangi va keng qamrovli o‘zgarishlarga yanada ko‘proq e'tibor berishi, hamkorlikni rivojlantirishi darkor.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning videoanjuman tarzida o‘tkaziladigan BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi chiqishi 23 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga belgilangan.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirildi
Iqtisodiyot | 23:21 / 19.04.2025
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16 / 19.04.2025
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10 / 19.04.2025
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35 / 19.04.2025
Mavzuga oid

19:14 / 19.04.2025
Ko‘p qutbli dunyoda – Turkiya va turkiy birlik

08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi

20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi

16:32 / 18.04.2025