Toşkent şahri turistik salohiyatini rivojlantiriş hamda turistlar va poytaxtimiz mehmonlari uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat boği hududida investitsiya loyihalarni amalga oşirişga taklif etamiz!
Abdulla Qodiriy – özbek romançilik maktabining asosçisi, ijodiy merosi dunyoning köplab mamlakatlarida örganiladigan özbek adabiyotining klassigi. Bugungi kunda Toşkentdagi eng katta prospektlaridan biri, şahar markazidagi metro bekati, şuningdek, poytaxtning eski şahar qismidagi istirohat boği taniqli özbek yozuvçisi va ma'rifatparvarining nomi bilan atalgan.


Ayni paytda Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat boği keng kölamli rekonstruksiyaga muhtoj. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yil avgust oyida istirohat boğiga taşrifi çoğida bu haqda ta'kidlagandi. Davlatimiz rahbari boğ markazida Abdulla Qodiriyning yangi haykalini örnatiş, boğni boşqalardan ajralib turadigan qilib quriş, bu yerda adib yaşagan davrni aks ettiriş zarurligini ta'kidlagandi.
Şu munosabat bilan Abdulla Qodiriy nomidagi boğni keng miqyosda qayta ta'mirlaş haqida qaror qabul qilindi. Boğ özbek milliy uslubida quriladi va muallifning eng maşhur romanlaridan biri «Ötkan kunlar» yozilgan davrni aks ettirişi taxmin qilinmoqda.


Boğning umumiy maydoni 16,5 gektar bölib, u yerda 14 ta loyihalarga amalga oşiriladi. Şu jumladan:
- 1-loyihada A.Qodiriyning yangi haykali, madrasa va kutubxona;
- 2-loyihada özbekona uslubidagi mehmonxona;
- 3-loyihada umumiy ovqatlaniş obektlari;
- 4-14 loyihalarida savdo va hunarmandçilik rastalari, ustaxonalar, muzey va hokazolarni qurilişi rejalaştirilgan.
Istirohat boği Toşkent şahrining eski şahar qismining öziga xos davomi böliş, şuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi, Hazrati Imom majmuasi va Çorsu bozori bilan yagona me'moriy ansamblni taşkil qilişi rejalaştirilgan.


















