Xabaringiz borki o‘tgan haftada Onless.uz onlayn avtomaktab platformasi taqdim etildi. Tizimda o‘quvchining qaysi darsni qachon ko‘rganligini aniqlaydigan mexanizm qo‘yilganligi ayniqsa diqqatga sazovor. Chunki o‘quvchi darsga qatnashish jarayonida “Darsga qatnashdim” tugmasini bosishi yoki uning qaysi paytda tizimga kirganini aniqlash bu onlayn ta'lim talablarini to‘liq qondira olmaydi. Sababi bunday tizimlarda o‘quvchi tizimga kirishni amalga oshirib, o‘z ishlari bilan band bo‘lsa xam, darslarga qatnashayapti deb hisoblaydi. Onless.uz'da esa bunday jiddiy kamchilik mavjud emas. Tizimdagi o‘quvchilarni darsga qatnashayotganini aniqlaydigan mexanizm, darsni to‘liq ko‘rganidan so‘ng ishlaydi va o‘quvchini darsni ko‘rgan deb avtomatik belgilaydi.

Bundan tashqari onlayn ta'limda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda (ertalab, kunduzi, kechqurun yoki yarim tunda, qisqasi 24 soat davomida) o‘qib o‘rganishi mumkin. Onless.uz aynan shu imkoniyatni to‘liq taqdim etadi.

Tizimning bir kunlik video-darslarni ko‘rish statistikasidan xam ma'lumki, 24 soat davomida o‘quvchilar darslarda aktiv ishtirok etmoqda. Istalgan vaqtda ta'lim olish esa o‘z navbatida ta'lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Tizimga o‘quvchilar asosan telefondan kirishini hisobga olgan holda, maksimum trafik tejaydigan mexanizm ishlab chiqilgan va videodarslarni 30-40 mb. gacha qisqartirilmoqda. Bu esa o‘quvchi uchun trafik bilan bog‘liq muammolarni biroz bo‘lsa-da kamaytiradi.

Onless.uz sizga va sizning avtomaktabingizdagi o‘quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
-- tizimda doimiy animatsion va vizual videodarslardan tashqari, o‘quvchini ta'lim olishga yanada qiziqtirish maqsadida mavzuga oid qiziqarli kinolar, videolavhalar ham qo‘yib boriladi

















