Toşkent şahar transport boşqarmasi boş mutaxassisi Ahrorxöja Toşxöjayev 26 yanvar kungi matbuot anjumanida qator savollarga javob berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Metro bekatlarida qança köp bekat yurilsa, şunça köp haq tölanişi xabar qilindi. Bu qanaqa me'yorlar asosida joriy etiladi?
— Bu faqat metropoliten bekatlariga emas, balki avtobus va yönalişli taksilar uçun ham amal qiladi.
Yurgan masofaga qarab tölovni amalga oşiriş böyiça turkiyalik mutaxassislar, Toşkent şahar transport boşqarmasi, «Toşşahartransxizmat» AJ hamkorlikda differensial, ya'ni qayişuvçan tarif tölovlari böyiça işlar amalga oşirilmoqda.
Bu jarayon yakuniga yetib qoldi. Bunda masofaga qarab bir transportdan boşqasiga ötiş böyiça ham tölovlar közda tutilgan.
Toşkent şahri markaziy köçalarida jamoat transporti uçun ajratilgan yölaklarga yöl çiziqlari qaçon bitkaziladi?
— Toşkent şahrida jamoat va şaxsiy transport köplab harakatlanadigan 10 ta köçada Toşkent şahar transport boşqarmasi, «Toşşahartransxizmat» AJ, Toşkent şahar IIB YHXB bilan birgalikda örganiş işlari olib borildi va tanlab olindi. Bu köçalar jamoat transportlari harakatlari uçun alohida bölaklar sifatida yöl çiziqlari va belgilari bilan ajratildi. Bu yölaklardan avtobus yönalişlari, yönalişli taksilar hamda maxsus avtomobillar: tez yordam, yonğin öçiruvçi maşinalar harakatlaniş imkoniyatiga ega. Bu hozirda loyiha sifatida kiritilgan.
Bu – jamoat transporti jozibadorligini oşiriş uçun qilinayotgan işlardan biri. Hozirda jamoat transportida manzilga yetib oliş örtaça 40–50 daqiqani taşkil etadi, uşbu loyihadan keyin 20–30 daqiqaga tuşiriş közda tutilgan.
Avtobuslarning yönaliş tezligi örtaça 23 km/soat bölsa, loyiha işga tuşgandan keyin 30 km/soatga yetişi kutilyapti.
Yangi qurilgan metro liniyalari boşidagi birinçi bekatlar atrofida maxsus avtoturargohlar taşkil qilinişi rejada bormi? Yevropa tajribasiga köra, şahar çetida yaşaydigan fuqarolar öz maşinalarida metro bekatigaça keladi va manziliga metro orqali yetib oladi. Bu bizda joriy qilinişiga nima xalaqit qiladi?
















