Kiberjinoyatçilar va hakerlar tomonidan ma’lumotlar savdosi bilan şuğullanuvçilar platformada 27 aprel kuni Özbekistondagi Kiberxavfsizlik Markazi DUK xodimlarining şaxsiy ma’lumotlari sotuvga qöyildi.

Kun.uz tanişib çiqqan e’longa köra, ma’lumotlarni sotuvga qöygan haker «Kiberxavfsizlik markazining içki tizimlariga muvaffaqiyatli kirib borgani» hamda «Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va razvedka xodimlari ma’lumotlar bazalariga kiriş huquqini qölga kiritgani»ni da’vo qilgan.

U öz sözlariga isbot tariqasida Kiberxavfsizlik markazida işlaydigan 100 nafar xodimning şaxsiy ma’lumotlarini oçiq e’lon qilgan. Ular qatorida xodimlarning ism-familiyasi, kompaniyadagi lavozimi hamda JŞŞIR raqamlari mavjud. Haker xodimlarning «öta foydali ma’lumot» sifatida ta’riflagan JŞŞIR raqamlarini töliq bölmagan şaklda e’lon qilgan.

Hakerning ta’kidlaşiça, içki ma’lumotlar bazasidan bevosita olingan ma’lumotlar, xususan Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining töliq röyxati «ança katta». Şuningdek, unda e’lon qilinganidan köra «ança maxfiyroq» ma’lumotlar ham bor.

E’lon qöyilgan saytdan skrinşot

Haker, agar Özbekiston rasmiylari ma’lumotlarning «töliq e’lon qilinişini töxtatmoqçi» bölsa, ularni narxi 200 ming dollar ekanini aytgan. «Aks holda, tez orada yangi ma’lumotlar sizdiriladi va bu ular uçun juda yomon oqibatlarga olib keladi», deyiladi ingliz va rus tillarida yozilgan e’londa.

Kiberxavfsizlik markazi hujumga uçramaganini bildirdi

Kiberxavfsizlik markazi holat yuzasidan izoh berib, dastlabki örganişlar natijasiga köra, «mazkur tarqatilayotgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligi»ni ma’lum qildi.

«Ta’kidlaş lozimki, Kiberxavfsizlik markazi içki axborot tizimlari buzilmagan va bunday turdagi ma’lumotlar bazasidan foydalanilmaydi», deyiladi DUK rasmiy bayonotida.

Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan markaz matbuot kotibi Dilşod Törayev haker e’lon qilgan şaxsiy ma’lumotlar haqiqatda ham xodimlarga tegişli ekanini tasdiqladi. Uning aytişiça, xodimlarning ism-familiyasi va işlaydigan lavozimi