Har uchinchisi yoshlar, har to‘rtinchisi ishsizlar – Toshkentdagi jinoyatchilik ko‘rsatkichlari ma'lum qilindi
Poytaxtda 2019 yilda sodir etilgan jinoyatlarning deyarli har uchinchisi yoshlar, har to‘rtinchisi ishsizlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Toshkent shahridagi huquqbuzarliklarning oldini olish masalasida Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi a'zolari ishtirokidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Majlisda qayd etilishicha, Toshkent shahrida o‘tgan yilda sodir etilgan jinoyatlar 430taga yoki 6 foizga kamaygan.
Jinoyat turlaridan qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, talonchilik, bosqinchilik, o‘g‘rilik, firibgarlik, bezorilik, transport vositalarini olib qochish, o‘lim bilan bog‘liq transport hodisalari kamaygani qayd etilgan.
Poytaxtdagi mavjud 514ta mahalla fuqarolari yig‘inidan 76tasida (14,8 foizida) jinoyat sodir etilmagan, 369tasida (72,1 foizida) jinoyatchilikning kamayishiga erishilgan bo‘lib, 40tasida bu ko‘rsatkich oshgan.
«Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlar yetarli darajada olib borilmagani oqibatida Toshkent shahrida oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilik holatlari – qotillik (Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy tumanlarida), og‘ir tan jarohati yetkazish (Chilonzor tumanida), nomusga tegish (Mirobod, Uchtepa tumanlarida), bosqinchilik (Yunusobod, Chilonzor tumanlarida), talonchilik (Yunusobod, Uchtepa tumanlarida), o‘g‘rilik (Yakkasaroy, Uchtepa tumanlarida), transport vositalarini olib qochish jinoyatlari (Chilonzor, Yashnobod tumanlarida) eng ko‘p sodir etilgan.
Poytaxtda o‘tgan yili qotillik jinoyatlari 9taga (61tadan 52taga) kamaygan bo‘lsa-da, o‘z vaqtida nizolarga barham berilmagani oqibatida bu jinoyatlarning 15tasi (28,8 foizi) oila-turmush munosabatlari doirasida (8tasi er-xotin, 3tasi aka-uka, 4tasi qarindoshlar) orasida sodir etilgan», deya axborot berdi senator Farhod Boqiyev.
Ma'lum bo‘lishicha, qotillik va og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining deyarli yarmi yoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lib, bu borada Toshkent – respublikada eng salbiy ko‘rsatkichni qayd etgan.
Shuningdek, Toshkent shahrida jinoyat sodir etgan shaxslarning deyarli har uchinchisi yoshlar, har to‘rtinchisi ishsizlarni tashkil etadi.
«2019 yil davomida jami 79 nafar voyaga yetmagan shaxs tomonidan 1tadan qotillik, nomusga tegish, tovlamachilik, transport vositasini olib qochish va o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari, 5tadan og‘ir tan jarohati yetkazish va bosqinchilik, 3ta firibgarlik, 8ta talonchilik, 36ta o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilgan.
Poytaxtda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har o‘n birinchisini o‘g‘rilik, har beshinchisi esa firibgarlik kabi jinoyatlar tashkil etganligi aniqlandi», deya ta'kidladi senator.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bundesver 2029 yilgacha Starlink analogini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
Jahon | 15:03
-
Turkiston Avenue TJMsining 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi
O‘zbekiston | 15:00
-
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi
Jamiyat | 14:59
-
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafot keltirdi
Jahon | 14:22
Mavzuga oid

17:31 / 13.03.2025
Rossiya koloniyalaridagi xorijliklarning 70 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

21:50 / 20.02.2025
O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarolari Qozog‘istonda qo‘lga olindi

17:18 / 30.01.2025