Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobodda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi
Bekobodda «VAZ-2104» va Cobalt avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida ikki kishi (ulardan biri 2022 yilda tug‘ilgan) vafot etdi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi.
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot tarqaldi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat bo‘yicha rasmiy xabar berdi.
2022 yil 22 may kuni soat 12:40 larda, Toshkent viloyati, Bekobod shahar, “Madaniyat” MFY hududidan o‘tgan 4P-26 "Sirdaryo-Dehqonobod-Bekobod" avtomobil yo‘lining 99-kilometrida YTH sodir bo‘lgan.
Haydovchi, 1985 yilda tug‘ilgan J.G. boshqaruvidagi "Vaz-2104" rusumli avtomobilda o‘zidan oldinda bo‘lgan transportni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqqan vaqtida, ro‘parasidan kelayotgan haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan O.I. boshqaruvida bo‘lgan "Kobalt" rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida "Vaz-2104" rusumli avtomobil haydovchisi J.G. va "Kobalt" rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi, 2022 yilda tug‘ilgan S.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, "Kobalt" rusumli avtomobil haydovchisi O.I. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 1961 yilda tug‘ilgan N.I. hamda "Vaz-2104" rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 2013 yilda tug‘ilgan A.S. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2026
Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu'da uchta bolani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
12:22 / 16.05.2026